Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/02 00:45 Verona 0-0 Piza
07/02 01:00 Lids 3-1 Nottingem Forest
07/02 01:00 Selta 1-2 Osasuna
07/02 17:00 Indoneziya - Eron
07/02 17:30 Man. Yunayted - Tottenhem
07/02 18:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
07/02 20:00 Bornmut - Aston Villa
07/02 20:00 Arsenal - Sanderlend
07/02 20:00 Byornli - Vest Xem
07/02 20:00 Fulhem - Everton
07/02 20:00 Vulverhempton - Chelsi
07/02 20:15 Barselona - Malyorka
07/02 22:00 Jenoa - Napoli
07/02 22:30 Nyukasl - Brentford
07/02 22:30 Sevilya - Jirona
08/02 00:45 Fiorentina - Torino
08/02 01:00 Real Sosyedad - Elche
08/02 16:30 Bolonya - Parma
08/02 18:00 Alaves - Xetafe
08/02 19:00 Lechche - Udineze
08/02 19:00 Brayton - Kristal Pelas
08/02 20:15 Atletik Bilbao - Levante
08/02 21:30 Liverpul - Manchester Siti
08/02 22:00 Sassuolo - Inter
08/02 22:30 Atletiko - Betis

“Neftchi” PFK yangi futbolchilarni tanishtirdi

“Neftchi” PFK yangi futbolchilarni tanishtirdi

Baho:
+ | -

27 fevral kuni Farg‘ona shahridagi “Neftchi” futbol maktabi matbuot anjumanlari zalida “Neftchi” PFK yangi mavsum avvalida o‘z safiga qo‘shib olgan futbolchilarini rasman ommaga tanishtirdi.

Farg‘ona klubi Oliy liga-2017 arafasida Muzaffar Muzaffarov ("So‘g‘diyona"), Akram Bahriddinov ("Navbahor"), Said Abdujabborov ("Metallurg"), Hamza Karimov ("Qizilqum"), Mo‘ydin Mamazulumov ("Olmaliq"), Ruslan Matniyozov ("Qo‘qon-1912"), legioner futbolchilar — Terentiy Lusevich ("Torpedo-BelAz"), Sergey Konsevoy ("Dinamo" Minsk), Dmitriy Komarovskiy (Isloch) kabi o‘yinchilarni jamoa safiga jalb qildi. Taqdimot marosimida “Neftchi” klubi rahbariyati, murabbiylar shtabi, jamoa futbolchilari, jurnalistlar va bir qator futbol faxriylari ishtirok etishdi. Unda dastavval so‘z olgan FNQZ Birlashgan kasaba uyushmalari qo‘mitasi raisi Jo‘ravoy Xo‘jaqulov quyidagi fikrlarni bildirib o‘tdi.

"Farg‘onalik bo‘lganimiz uchun qayerga safar qilmaylik, borgan joyimizda birinchi bo‘lib Farg‘ona faxri bo‘lgan “Neftchi” jamoasi haqida so‘rashadi. Mana bu yil jamoa doimgidek yangi mavsumga jiddiy hozirlandi. Kirib kelayotgan mavsumda esa mana shu tayyorgarliklar o‘z samarasini berib, jamoa muxlislarini xursand qiladi degan umiddaman. Bu yerda yangi futbolchilardan tashqari jamoamizda faoliyat yuritayotgan o‘yinchilar, xususan, yoshlar jamoamiz a’zolari ham yig‘ilishgan. Yangi mavsum avvalida butun “Neftchi” PFK oilasiga omad tilayman,” – dedi FNQZ Birlashgan kasaba uyushmalari qo‘mitasi raisi Jo‘ravoy Xo‘jaqulov

Shundan so‘ng jamoa bosh murabbiyi Andrey Fyodorov so‘z oldi.

"Avvalo bu yerga yig‘ilgan muhtaram futbol faxriylari, jurnalistlar va jamoamizning fidokor insonlarini ko‘rib turganimdan xursandman. Bugungi tadbir kamtarona ruhda bo‘lib o‘tayotganiga qaramay sizlar bilan bevosita muloqotga kirishayotganimdan mamnunman. Yangi mavsumga tayyorgarlik jarayoni haqida to‘liq gapiradigan bo‘lsam anchagina vaqt ketishi mumkin, shu sababli bir so‘z bilan aytganda, biz murabbiylar shtabi tayyorgarlik rejasidagi barcha amaliy ishlarni uddasidan chiqdik. Jamoaning bir qator chiziqlarida o‘zgarishlarni amalga oshirib, tarkibni kuchaytirishga erishdik. Umidim shuki, yangi mavsumga olib borgan izchil tayyorgarligimiz mavsum davomida o‘z mevasini bersin. O‘tgan mavsumdagi natijalardan kelib chiqib, Farg‘ona jamoasi muxlislari oldida “qarzdorligimiz” ancha yig‘ilib qolgan. Shu sababli yangi mavsumda yaxshi natijalar qayd etib, ularni yana xursand qilmoqchimiz. Ishonch bilan aytamanki, mening jamoam muxlislarni yana “Istiqlol” stadioniga qaytaradi. “Neftchi” jamoasining avvalgi nufuzini tiklash bizning eng birinchi galdagi istiqbolli rejamiz hisoblanadi.  Jamoa oldiga Oliy liga-2017da qanday maqsad qo‘yildi degan savolga kelsak, hozir oldindan bashoratchilik qilish niyatim yo‘q. Lekin shuni ayta olamanki, “Neftchi” jamoasi bu yil nufuzli o‘rinlar uchun kurash olib boradi", – dedi Andrey Fyodorov.

Jamoa ustozi o‘z fikrlarini yakunlagandan so‘ng yangi futbolchilarning rasmiy tanishtiruv marosimi bo‘lib o‘tdi. Futbolchilarga liboslarni klub bosh direktori Rustam Rahmonovich Abdullayev hamda bosh murabbiy Andrey Vitalyevich Fyodorov topshirishdi.

Manba: fcneftchi.uz
Kiritildi: 17:20, 28.02.2017.
O'qildi: 7190 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.