Kirish Ro'yxatdan o'tish
06/03 01:00 Tottenhem 1-3 Kristal Pelas
06/03 19:00 Bunyodkor 1-2 Dinamo
06/03 19:15 So‘g‘diyona 0-2 Nasaf
06/03 19:30 Xorazm 1-0 OKMK
07/03 00:45 Napoli 2-1 Torino
07/03 01:00 Selta 1-2 Real Madrid
07/03 18:00 Osasuna 2-2 Malyorka
07/03 19:00 Kalyari 1-2 Komo
07/03 20:15 Levante 1-1 Jirona
07/03 22:00 Atalanta - Udineze
07/03 22:30 Atletiko - Real Sosyedad
08/03 00:45 Yuventus - Piza
08/03 01:00 Atletik Bilbao - Barselona
08/03 16:30 Lechche - Cremonese
08/03 18:00 Vilyarreal - Elche
08/03 19:00 Bolonya - Verona
08/03 19:00 Fiorentina - Parma
08/03 20:15 Xetafe - Betis
08/03 22:00 Jenoa - Roma
08/03 22:30 Sevilya - Rayo Valyekano

Uzbek Tigers Rossiyaga qarshi janglarda Hasanboy Do‘stmatovdan foydalanadi

Uzbek Tigers Rossiyaga qarshi janglarda Hasanboy Do‘stmatovdan foydalanadi

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT / Sport turlari / Boks
Rukn: Yangiliklar

4 mart kuni Rossiyaning Patriot Boxing Team jamoasi Toshkentda Uzbek Tigers’ga qarshi janglarda ishtirok etadi. Unga «O‘zbekiston» sport majmuasi mezbonlik qiladi.

WSB doirasida Uzbek Tigers 2017 yil hisobidan ikkita jang o‘tkazib, har ikkisida ham mag‘lub bo‘lgandi. Jamoa avvaliga Xitoyda China Dragons’dan 2:3 hisobida yengilgan bo‘lsa, keyinroq Qozog‘istonda Astana Arlans’ga 1:4 hisobida imkoniyatni boy bergandi.

3-turdagi raqib va nihoyat poytaxt Toshkentda qabul qilinadi. Raqib — Patriot Boxing Team bunga qadar qozog‘istonliklardan 2:3 hisobida yengilgan va xitoyliklarni 4:1 hisobida taslim qilgan.

Mazkur jamoaga qarshi Uzbek Tigers safida jang qiladigan 5 nafar bokschi nomiga oydinlik kiritildi. Ular orasida Rio—2016 qahramoni Hasanboy Do‘stmatov hamda China Dragons’ga qarshi jang arafasida jarohat olib, ringga chiqa olmagan Elnur Abduraimov bor.

WSB
Osiyo mintaqasi. 3-tur
4 mart, shanba

Uzbek Tigers — Patriot Boxing Team

-49 kg: Hasanboy Do‘stmatov — Bator Sagaluyev
-56 kg: Abdulhay Shorahmatov — Dmitriy Sharafutdinov
-64 kg: Elnur Abduraimov — Radmir Abdurahmonov
-75 kg: Isroil Madrimov — Rajab Rajabov
+91 kg: Zuxriddin Mahkamov — Islom Tekeev

Ma’lumot uchun, 56 kilogramm vaznda Abdulhay Shorahmatov Xitoyda raqibini 3:0 hisobida mag‘lub etishga muvaffaq bo‘lgandi. Endi unga yana bir bor imkoniyat beriladi.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 12:39, 01.03.2017.
O'qildi: 25837 marta.
Fikrlar: 9 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.