Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/09 00:00 Selta 0-1 Atletiko
27/09 17:00 Qizilqum 1-0 Metallurg
27/09 17:30 Tailand 2-5 Fransiya
27/09 19:15 OKMK 1-0 Lokomotiv
27/09 20:00 Argentina 2-0 Xorvatiya
27/09 23:45 Milan 3-0 Lechche
28/09 00:00 Valyadolid 1-2 Malyorka
28/09 16:30 Nyukasl - Manchester Siti
28/09 17:00 Xetafe - Alaves
28/09 17:00 Bunyodkor - Nasaf
28/09 18:00 Udineze - Inter
28/09 19:00 Arsenal - Lester
28/09 19:00 Brentford - Vest Xem
28/09 19:00 Everton - Kristal Pelas
28/09 19:00 Nottingem Forest - Fulhem
28/09 19:00 Chelsi - Brayton
28/09 19:15 Rayo Valyekano - Leganes
28/09 21:00 Jenoa - Yuventus
28/09 21:30 Real Sosyedad - Valensiya
28/09 21:30 Vulverhempton - Liverpul
28/09 23:45 Bolonya - Atalanta
29/09 00:00 Osasuna - Barselona
29/09 15:30 Torino - Lasio
29/09 17:00 Selta - Jirona
29/09 18:00 Roma - Venetsiya
29/09 18:00 Komo - Verona
29/09 18:00 Ipsvich - Aston Villa
29/09 19:15 Atletik Bilbao - Sevilya
29/09 20:30 Man. Yunayted - Tottenhem
29/09 21:00 Empoli - Fiorentina
29/09 21:30 Betis - Espanyol
29/09 23:45 Napoli - Monsa
30/09 00:00 Atletiko - Real Madrid

Dostonbek Hamdamov OCHL–2017 turnirining istiqbolli yosh futbolchilari qatoridan joy oldi

Dostonbek Hamdamov OCHL–2017 turnirining istiqbolli yosh futbolchilari qatoridan joy oldi

Baho:
+ | -

Osiyo futbol konfederasiyasi (OFK) 2017 yilgi Osiyo Chempionlar Ligasida yorqin o‘yini bilan ajralib turishi hamda jamoasi muvaffaqiyatiga hissa qo‘shishi kutilayotgan 23 yoshgacha bo‘lgan 23 nafar iste’dodli futbolchini e’tirof etdi.

Ular orasida O‘zbekiston U-20 va U-23 terma jamoalarida to‘p surgan, 2015 yilning Osiyodagi eng yaxshi yosh futbolchisi, ayni vaqtda Toshkentning “Bunyodkor” klubi a’zosi Dostobek Hamdamov ham bor.

Brendon Borelyo
Klub: “Brisben Roar” (Avstraliya)
Yoshi: 21

Avstraliyalik futbolchi OCHL turnirida o‘z debyutini 2015 yilda o‘tkazgan va ikkita gol urishga muvaffaq bo‘lgandi. Bu yilgi musobaqada ham Brendon Borelyo uchun o‘zgacha bo‘lishi kutilmoqda.

Naomichi Uida
Klub:
“Kashima Antlers” (YAponiya)
Yoshi: 22

Iqtidorli himoyachi Yaponiya U-16, U-19 va U-22 termalarida o‘ynagan. Shuningdek, Naomichi Uida 2016 yili Qatarda bo‘lib o‘tgan U-23 Osiyo chempionatida Yaponiya olimpiya termasi bilan chempion bo‘lgandi.

Kim Gun Xi
Klub:
“Suvon Samsung Blyuuings” (Janubiy Koreya)
Yoshi: 21

Koreyalik yosh futbolchi 2016 yilgi OCHL musobaqasida debyut o‘tkazib, guruh bosqichida “Shanxay SIPG”ga qarshi (3:0) o‘yinda dubl qayd etgandi.

Rojer Martines
Klub
: “Jiangsu Suning” (Xitoy)
Yoshi: 22

Kolumbiya terma jamoasi hujumchisi o‘tgan yili Argentinaning “Rasing” klubidan “Jiangsu Suning” jamoasiga braziliyalik Aleks Teysheyraga potensial sherik sifatida hamda Xitoyda “Guanchjou Evergrand”ning hukmronligiga yakun yasash uchun olib kelindi.

Yosuke Ideguchi
Klub:
“Gamba Osaka” (YAponiya)
Yoshi: 20

Yaponiya U-23 terma jamoasi safida Osiyo chempioni bo‘lgan Yosuke Ideguchi ikki yil avval “Gamba Osaka”ning OCHL yarim finaliga chiqishiad yordam bergan.

Suphan Thongsong
Klub:
“Muangtong Yunayted” (Tailand)
Yoshi: 22

Markaziy himoyachi 2016 yili “Muangtong Yunayted”ning so‘nggi to‘rt yilda birinchi Tailand chempionligini qo‘lga kiritishda yordam bergan. U, shuningdek, Tailand U-23 safida Osiyo chempionatida ishtirok etgan.

Jonatan Aspropotamitis
Klub:
“Vestern Sidney” (Avstraliya)
Yoshi: 20

Jonatan Aspropotamitis ikki yil avval “Vestern Sidney” safida OCHL chempionligi unvonini saqlab qolish uchun harakat qilgandi. O‘shanda u atigi 1 o‘yinda maydonga tushgan, klub esa guruh bosqichida qolib ketgandi.

Kim Syong Jun
Klub:
“Ulsan Xyundai” (Janubiy Koreya)
Yoshi: 22

Kim Syong Jun o‘tgan mavsumda mamlakat chempionatida “Ulsan Xyundai”ning eng yaxshi to‘purari bo‘ldi. Iqtidorli futbolchi OCHLda yorqin o‘yin ko‘rsatishi kutilmoqda.

Koji Kiyoshi
Klub:
“Kavasake Fronteyl” (YAponiya)
Yoshi: 19

Yosh futbolchi 2016 yilgi yoshlar o‘rtasidagi Osiyo chempionatida Yaponiya U-19 bilan chempion bo‘lgandi.

Ben Garuchchio
Klub:
“Adelaida Yunayted” (Avstraliya)
Yoshi: 21

Avstraliyalik futbolchi professional faoliyatini “Melburn Siti” klubida boshlagan. O‘tgan yili u o‘zi tug‘ilib o‘sgan Adelaida shahri jamoasi safiga qo‘shilib, Avstraliya chempioniga aylangandi.

An Xyun Bum
Klub
: “Jeju Yunayted” (Janubiy Koreya)
Yoshi: 22

K-Liganing o‘tgan mavsumdagi eng yaxshi yosh futbolchisi mavsum davomida 8 ta gol urishga muvaffaq bo‘lgandi. Jamoa yakunda 2010 yildan buyon eng natijasini qayd etgan.

Takaxiro Sekine
Klub:
“Urava Red Daymonds” (YAponiya)
Yoshi: 21

2013 yili “Urava” safiga qo‘shilgan yosh futbolchi kelasi yili asosiy tarkib a’zosiga aylangan. Sekine Yaponiya U-19 termasi safida ham to‘p surgan.

Kaio Lukas Fernandes
Klub:
“Al-Ayn” (BAA)
Yoshi: 22

“Al-Ayn”ning eng yaxshi hujumchilaridan biri ikki kun avval “Bunyodkor” darvozasiga gol kiritgan edi. Joriy mavsumda u BAA Pro Ligasida “Al-Ayn”ning eng yaxshi to‘purari bo‘lib turibdi.

Almoiz Ali
Klub:
“Lahviya” (Qatar)
Yoshi: 20

“Lahviya” akademiyasida tahsil olgan qatarlik futbolchi ma’lum muddat Belgiya, Avstriya va Ispaniya chempionatlarida to‘p surgan. 2014 yili Almoiz Ali Myanmada bo‘lib o‘tgan U-19 Osiyo chempionatida 3 ta gol kiritgan, Qatar esa Osiyo chempioni bo‘lgandi.

Ahmad Al Harbi
Klub:
“Al-Ahli” ( Saudiya Arabistoni)
Yoshi: 22

Yosh darvozabon o‘tgan yili Jidda klubida debyutini o‘tkazib, jamoaning uzoq yillik posboni Yosir Al Mosaylim bilan 1-raqam uchun raqobatlik qilmoqda.

Dostonbek Hamdamov
Klub:
“Bunyodkor” (O‘zbekiston)
Yoshi: 20

G‘oyalarga boy hujumkor yarim himoyachi ikki kun avval OCHL–2017 doirasida “Al-Ayn” darvozasiga bitta gol urgandi. Yakunda Toshkent klubi mag‘lubiyatga uchragan bo‘lsa-da, Dostonbek Hamdamov OCHL–2017 da o‘zini ko‘rsata oladigan istiqbolli futbolchilardan biri sifatida e’tirof etilmoqda.

Ali Alipur
Klub:
“Persepolis” (Eron)
Yoshi: 21

“Persepolis” klubining OCHLga qaytishi 21 yoshli Ali Alipurga o‘zini ko‘rsatish uchun ko‘mak beradi.

Muhammad Jamol
Klub
: “Al-Jazira” (BAA)
Yoshi: 22

Iqtidorli yarim himoyachi “Al-Jazira”ning mamlakat chempionatida peshqadamlik qilishiga katta hissa qo‘shmoqda.

Abdulla Al Ammar
Klub:
“Al-Fotih” (Saudiya Arabistoni)
Yoshi: 22

“Al-Hilol”dan ijaraga olingan futbolchi “Nasaf”ga qarshi (1:0) OCHL pley-off bosqichida maydonga tushib, jamoasining guruh bosqichiga yo‘l olishiga hissa qo‘shgandi.

Mehran Derakshanfar
Klub:
“Zob Ahan” (Eron)
Yoshi: 18

2016 yili “Zob Ahan” safida o‘z debyutini o‘tkazgan yosh mahorat egasi chap qanotda himoya va yarim himoyada birdek yaxshi o‘yin ko‘rsata oladi.

Ahmad Rashid
Klub:
“Al-Vahda” (BAA)
Yoshi: 20

So‘nggi ikki yil davomida yosh himoyachi jamoaning asosiy tarkib o‘yinchilaridan biriga aylandi. Uning Osiyo Chempionlar Ligasida porlashi kutilmoqda.

Leo Bonatini
Klub:
“Al-Hilol” (Saudiya Arabistoni)
Yoshi: 22

Braziliyada tug‘ilgan italiyalik futbolchi 2016 yil yarmida “Al-Hilol” safiga qo‘shilgandi. Jamoaning yosh futbolchidan umidi katta.

Farshid Ismoili
Klub:
“Istiqlol” Tehron (Eron)
Yoshi: 23

Farshid Ismoili Eron U-23 terma jamoasi tarkibida U-23 Osiyo chempionati chorak finaliga qadar yetib borgandi. 2015 yilda “Istiqlol” safiga qo‘shilgan yarim himoyachi jamoaning asosiy a’zosiga aylandi. 

Manba: the-uff.com
Kiritildi: 18:05, 02.03.2017.
O'qildi: 8506 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.