Kirish Ro'yxatdan o'tish
12/05 00:00 Tottenhem 1-1 Lids
12/05 00:00 Rayo Valyekano 1-1 Jirona
12/05 22:00 Selta 2-3 Levante
12/05 23:00 Betis 2-1 Elche
13/05 00:30 Osasuna 1-2 Atletiko
13/05 22:00 Espanyol - Atletik Bilbao
13/05 22:00 Vilyarreal - Sevilya
14/05 00:00 Manchester Siti - Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves - Barselona
14/05 00:30 Xetafe - Malyorka
14/05 22:00 Valensiya - Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona - Real Sosyedad

Aleksandr Mochinov O‘zbekiston U-19 terma jamoasiga bosh murabbiy etib tayinlandi

Aleksandr Mochinov O‘zbekiston U-19 terma jamoasiga bosh murabbiy etib tayinlandi

Baho:
+ | -

O‘zbekiston U-16 terma jamoasiga ustozlik qilgan Aleksandr Mochinov 1999–2000 yillarda tug‘ilgan futbolchilardan tashkil topgan O‘zbekiston U-19 terma jamoasiga bosh murabbiy etib tayinlandi.  

Miraziz Mirzaahmedov O‘zbekiston U-19 termasiga katta murabbiy, Zokir Hayotov va Dilmurod Abluddayev yordamchi murabbiy etib tayinlandi.

O‘zbekiston U-19 terma jamoasi 2018 yili bo‘lib o‘tadigan Osiyo chempionatiga saralash bosqichida ishtirok etadi. Saralash bosqichi shu yilning 31 oktyabr – 8 noyabr kunilari bo‘lib o‘tadi.  

Murabbiylik faoliyati davomida  “Oq-tepa”, “Buxoro” va “Obod” klublarida ishlagan Aleksandr Mochinov O‘zbekiston U-19 termasini saralash bosqchiga tayyorlaydi. Unga yoshlar termasini U-19 Osiyo chempionatiga olib chiqish vazifasi qo‘yildi.

Saralash bosqichiga tayyorgarlik ko‘rish doirasida O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi Dubayda BAA U-19 termasi bilan ikkita o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazadi. Mazkur o‘yilar 8 va 10 mart kunlari bo‘lib o‘tadi.

Aleksandr Mochinov bo‘lajak o‘yinlarga quyidagi futbolchilarni jalb qildi.

Darvozabonlar: Umid Ergashev (“Nasaf”), Javohir Qilichev (“Bunyodkor”)

Himoyachilar: Abubakir Mo‘ydinov (“Bunyodkor”), Xudoyorxon Sa’dullayev (“Nasaf”), Georgiy Ahmedov (“Paxtakor”), Xumoyun Abdusattorov (“Bunyodkor”);

Yarim himoyachilar: Rahmatilla Mirzaahmedov (“Bunyodkor”), Suhrob Izzatov (“Bunyodkor”), Dilshod Saidov (“Nasaf”), Jasur Yoqubov (“Paxtakor”), Ibrohim Yo‘ldoshev (“Paxtakor”), Bobur Asqarov (“Paxtakor”), Rasul Yo‘ldoshov (“Bunyodkor”), Orifjon Hakimjonov (“Bunyodkor”), Kamron Saidazimov (“Paxtakor”), Islom Kenjaboyev (“Nasaf”);

Hujumchilar: Jahongir Abdusalomov (“Bunyodkor”), Doniyor Abdumannopov (“Bunyodkor”).

Manba: the-uff.com
Kiritildi: 18:07, 02.03.2017.
O'qildi: 8480 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик