Kirish Ro'yxatdan o'tish
28/08 00:00 Barselona 2-0 Atletik Bilbao
28/08 22:00 Rasing 3-2 Elche
28/08 23:45 Milan 2-0 Venetsiya
29/08 00:00 Kristal Pelas 1-4 Manchester Siti
29/08 00:30 Alaves 1-0 Vilyarreal
29/08 16:00 Man. Yunayted - Ipsvich
29/08 16:30 Liverpul 2-2 Nottingem Forest
29/08 18:00 Surxon - Guliston
29/08 19:00 Neftchi - Paxtakor
29/08 19:00 Bornmut 1-1 Everton
29/08 19:00 Koventri Siti 0-1 Xall Siti
29/08 20:00 Levante - Betis
29/08 21:30 Tottenhem - Nyukasl
29/08 21:30 Fiorentina - Frozinone
29/08 21:30 Monsa - Udineze
29/08 21:30 Sassuolo - Torino
29/08 22:00 Real Sosyedad - Espanyol
29/08 23:45 Yuventus - Parma
30/08 00:30 Sevilya - Atletiko
30/08 18:00 So‘g‘diyona - Jayxun
30/08 18:00 Chelsi - Brayton
30/08 18:00 Lids - Brentford
30/08 18:00 Sanderlend - Fulhem
30/08 19:00 Navbahor - Nasaf
30/08 20:00 Real Madrid - Malaga
30/08 21:30 Napoli - Komo
30/08 22:30 Deportivo - Valensiya
30/08 23:45 Kalyari - Inter
30/08 23:45 Lasio - Jenoa

O‘zbekistonlik havo gimnastikachilari Las-Vegasdagi Cirque du Soleil shousida ishtirok etadi

O‘zbekistonlik havo gimnastikachilari Las-Vegasdagi Cirque du Soleil shousida ishtirok etadi

Baho:
+ | -

O‘zbekistonlik havo gimnastikachilari dueti — Sky Angels AQSHning Las-Vegas shahrida 3 mart kuni bo‘lib o‘tadigan Cirque du Soleil — One Night for One Drop («Bir tomchi uchun bir kecha») xayriya sirk shousida ishtirok etadi. Bu haqda «Gazeta.uz» xabar bermoqda.

Yaqindagina Monte-Karlodagi festivalda sirk «Oskar»ini qo‘lga kiritgan o‘zbekistonliklardan tashqari, xayriya shousida akrobatlar, gimnastikachilar, kaskadyorlar, shuningdek, maxsus chaqirilgan mehmonlar— reper Redfoo, The Tenors guruhi, «Amerikada mahoratlilar bor–2016» g‘olibi Greys Vandervol, Argentinaning Malevo raqqoslar guruhi hamda «Yulduzli yo‘l» serialida Jeyms Kirk rolini ijro etgan kanadalik aktyor Uilyam Shener ishtirok etadi.

Loyihada ko‘ngilli ravishda va bepul asosda 300 ga yaqin kishi, jumladan, 63 san’atkor qatnashadi.

Chiptalar sotuvidan tushgan barcha mablag‘ ONE DROP («Bitta tomchi») xalqaro tashkilotining xayriya dasturlariga yo‘naltiriladi. Mazkur shou 2013 yildan buyon o‘tkazib kelinadi, dastur yordamida shu kungacha 24 million dollar jamg‘arildi.

ONE DROP – Cirque du Soleil asoschisi Gi Laliberte tashabbusi bilan yaratilgan xayriya tashkiloti. Tashkilotning maqsadi – qashshoqlikni toza ichimlik suviga yo‘l ochish orqali bartaraf etish hamda suv masalalaridan boxabarlik darajasini oshirishdan iborat.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 11:13, 03.03.2017.
O'qildi: 4879 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик