Kirish Ro'yxatdan o'tish
12/05 00:00 Tottenhem 1-1 Lids
12/05 00:00 Rayo Valyekano 1-1 Jirona
12/05 22:00 Selta 2-3 Levante
12/05 23:00 Betis 2-1 Elche
13/05 00:30 Osasuna 1-2 Atletiko
13/05 22:00 Espanyol - Atletik Bilbao
13/05 22:00 Vilyarreal - Sevilya
14/05 00:00 Manchester Siti - Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves - Barselona
14/05 00:30 Xetafe - Malyorka
14/05 22:00 Valensiya - Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona - Real Sosyedad

Malayziyadan oltin medal bilan qaytgan o‘zbek o‘g‘loni

Malayziyadan oltin medal bilan qaytgan o‘zbek o‘g‘loni

Baho:
+ | -

Malayziya poytaxti Kuala-Lumpur shahrida bo‘lib o‘tgan karate bo‘yicha nufuzli xalqaro turnirda Namangan muhandislik-pedagogika instituti talabasi Sarvar Murodillayev Vatanimiz sha’nini munosib himoya qilib, oltin medalni qo‘lga kiritdi. Muzaffar sportchimizning g‘alabasi sharafiga davlatimiz madhiyasi yangrab, O‘zbekiston bayrog‘i baland xilpiradi.

Osiyo qit’asining 17 ta davlatidan saralangan karate ustalari bahslashgan musobaqada 67 kilogramm vazn toifasida tatamiga chiqqan Sarvar Murodillayev Indoneziya, Xitoy, Eron va Malayziya mamlakatlaridan kelgan raqiblarini dog‘da qoldirib, g‘oliblik shohsupasining eng yuqori pog‘onasida e’tirof etildi.

Darvoqe, bunday yutuqlar O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi murabbiysi, viloyat karate milliy federasiyasi rahbari Abxon Toshboyev boshchiligida 2020 yili Tokioda bo‘ladigan XXXII yozgi Olimpiya o‘yinlarida karate bo‘yicha yo‘llanma olishga ahd qilgan namanganlik sportchilarni yangidan-yangi marralar sari ruhlantiradi.

Manba: telegraf.uz
Kiritildi: 11:22, 03.03.2017.
O'qildi: 7210 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик