Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/05 00:30 Real Madrid 2-0 Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa - Liverpul
17/05 15:00 Komo - Parma
17/05 15:00 Jenoa - Milan
17/05 15:00 Yuventus - Fiorentina
17/05 15:00 Piza - Napoli
17/05 15:00 Roma - Lasio
17/05 16:30 Man. Yunayted - Nottingem Forest
17/05 18:00 Inter - Verona
17/05 19:00 Everton - Sanderlend
17/05 19:00 Brentford - Kristal Pelas
17/05 19:00 Lids - Brayton
17/05 19:00 Vulverhempton - Fulhem
17/05 21:00 Atalanta - Bolonya
17/05 21:30 Nyukasl - Vest Xem
17/05 22:00 Rayo Valyekano - Vilyarreal
17/05 22:00 Atletiko - Jirona
17/05 22:00 Osasuna - Espanyol
17/05 22:00 Atletik Bilbao - Selta
17/05 22:00 Elche - Xetafe
17/05 22:00 Levante - Malyorka
17/05 22:00 Real Sosyedad - Valensiya
17/05 22:00 Sevilya - Real Madrid
17/05 22:00 Real Ovyedo - Alaves
17/05 23:45 Kalyari - Torino
17/05 23:45 Sassuolo - Lechche
17/05 23:45 Udineze - Cremonese

"Neftchi" yoshlari G‘uzorda durang o‘ynadi

"Neftchi" yoshlari G‘uzorda durang o‘ynadi

Baho:
+ | -

Farg‘onaning “Neftchi” jamoasi yoshlari mavsumning ilk o‘yinini G‘uzorda “Sho‘rtan” o‘rinbosarlariga qarshi o‘tkazishdi.

Yashil maydonni sog‘ingan yoshlar jamoalari o‘rtasidagi bahs qizg‘in ko‘rinish oldi. Bahsda mehmonlar tezkor gol kiritishga muvaffaq bo‘lishdi. Raqib darvozabonini ancha oldinga chiqib ketganini ko‘rgan Otabek Isroilov to‘pni havolatib darvoza to‘riga joylab qo‘ydi. Shu tariqa bahsda hisob ochildi.

Goldan ruhlangan Bahrom Haydarov jamoasi yana ketma-ket oldinga o‘tdi. Gol muallifi Otabek Isroilov shu kuni ancha faol o‘ynadi va jamoaning hujumlarida asosiy vazifani bajardi. Birinchi bo‘limning o‘rtalarida kelib “Neftchi” futbolchisi Islom Toshpo‘latov raqib darvozasini ikkinchi marta ishg‘ol etishga erishdi. Biroq hakam mazkur vaziyatni o‘yindan tashqari holat deya baholadi. 34-daqiqaga kelib g‘uzorliklar hisobdagi ko‘rinishni o‘zgartirishga erishishdi. G‘uzor yoshlari hakam tomonidan belgilangan penaltini golga aylantirishdi. 1:1. Birinchi bo‘lim durang bilan tugadi. Ikkinchi bo‘limda kurash yanada qizidi va hujumlar xavfli ko‘rinish oldi. Ayniqsa ikkinchi bo‘lim oxiridi jamoalarda g‘alabani ilib ketish uchun bir qator qulay vaziyatlar bo‘ldi. Lekin o‘yinda boshqa gol kiritilmadi.

Yoshlar ligasi. 1-tur.
3 mart. 2017-yil. G‘uzor

“Sho‘rtan” – “Neftchi” 1:1
Gollar: Shaxzod Xursanov 34 - Otabek Isroilov 2

"Sho‘rtan": Akmal Rahimov, Mirmuhsin Sattorov, Akrom Bahromov, Shamsiddin Sagdullayev, Islom Shodmonov, G‘ulom Rahmonov, Jasur Xolto‘rayev, Nurali Padarov, Shahzodbek Xursanov, Yusuf Bo‘riyev, Olimjon Karimov

Zaxira: Jahongir Karimov, Shahboz Jo‘rayev, Temur Komiljonov, Shohjahon Ma’rufov, Sherbek Eshmurodov, Bahromjon Ro‘ziy, Rustam Haydarov

"Neftchi": Ruslan Matniyazov, Abror Ismoilov, Islom Toshpo‘latov, Abduqodir Artiqov, Otabek Isroilov, Siroj Ro‘zmetov, Mirjamol Ne’matov, Shodiyor Xojimatov, Jamshid Qobulov, Avaz O‘lmasaliyev, Elamonjon Karimov
Zaxira: Abdumavlon Abdujalilov, Sarvar Abdullayev, Xurshidbek Asqaraliyev, Sardorbek Isoqov, Husanboy G‘aniyev

Manba: fcneftchi.uz
Kiritildi: 21:11, 03.03.2017.
O'qildi: 6117 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик