Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/01 01:00 Vulverhempton 0-3 Nottingem Forest

Bugun UzReport «MYU», «Real», «Barselona» ishtirokidagi o‘yinlarni jonli efirda ko‘rsatadi

Bugun UzReport «MYU», «Real», «Barselona» ishtirokidagi o‘yinlarni jonli efirda ko‘rsatadi

Baho:
+ | -

Bugun — 4 mart kuni Angliya va Ispaniya chempionatlarida navbatdagi tur o‘yinlari bo‘lib o‘tadi. Mazkur ligalarni O‘zbekiston hududida translyasiya qilish huquqini qo‘lga kiritgan UzReport ketma-ketlikda 4 ta uchrashuvni jonli namoyish qiladi.

Telekanal uik-end translyasiyalarini «Manchester Yunayted» ishtirokidagi o‘yin bilan boshlab, keyinroq «Real Madrid»ga e’tibor qaratadi. Shundan keyin APLning markaziy o‘yini — «Liverpul» — «Arsenal» ko‘rsatiladi. Efir soatlari «Barselona» ishtirokidagi o‘yin bilan yakuniga yetadi.

Angliya

Angliya Premyer-ligasi

27-tur
4 mart, shanba

«Manchester Yunayted» — «Bornmut» — 17:30 - UzReport 
«Vest Bromvich» — «Kristal Pelas» — 20:00
«Lester» — «Xall Siti» — 20:00
«Stok Siti» — «Midlsbro» — 20:00
«Suonsi» — «Byornli» — 20:00
«Uotford» — «Sautgempton» — 20:00
«Liverpul» — «Arsenal» — 22:30 - UzReport

Ispaniya

Ispaniya La ligasi

26-tur
3 mart, juma

«Betis» — «Real Sosyedad» 2:3

Gollar: Xon Bautista, 9 (0:1). Ayssa Mandi, 16 (1:1). Xabi Priyeto, 26 (1:2). Antonio Sanabriya, 65 (2:2). Xabi Priyeto, 72 (2:3).

4 mart, shanba
«Leganes» — «Granada» — 17:00
«Eybar» — «Real Madrid» — 20:15 - UzReport
«Vilyarreal» — «Espanyol» — 22:30
«Barselona» — «Selta» — 00:45 - UzReport

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 10:50, 04.03.2017.
O'qildi: 15470 marta.
Fikrlar: 34 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.