Kirish Ro'yxatdan o'tish
12/03 01:00 Bude-Glimt 3-0 Sporting
12/03 01:00 PSJ 5-2 Chelsi
12/03 01:00 Real Madrid 3-0 Manchester Siti
12/03 19:30 OKMK 2-2 So‘g‘diyona
12/03 20:00 Dinamo 1-1 Nasaf
14/03 00:45 Torino - Parma
14/03 01:00 Alaves - Vilyarreal
14/03 18:00 Jirona - Atletik Bilbao
14/03 19:00 Inter - Atalanta
14/03 20:00 Sanderlend - Brayton
14/03 20:00 Byornli - Bornmut
14/03 20:15 Atletiko - Xetafe
14/03 22:00 Napoli - Lechche
14/03 22:30 Chelsi - Nyukasl
14/03 22:30 Arsenal - Everton
14/03 22:30 Real Ovyedo - Valensiya

Xitoy Superligasida Odil Ahmedov va Anzur Ismoilov jamoalari o‘zaro o‘ynaydi

Xitoy Superligasida Odil Ahmedov va Anzur Ismoilov jamoalari o‘zaro o‘ynaydi

Baho:
+ | -

Xitoy Super ligasida O‘zbekiston milliy terma jamoasining uch nafar futbolchisi to‘p suradi: Anzur Ismoilov, Yegor Krimes va Odil Ahmedov.

Bugun — 4 mart kuni Xitoyning olti klubi Super liganing 2017 yilgi mavsumini boshlab beradi. Ahamiyatli tomoni, o‘zbekistonlik futbolchilar xizmatidan foydalanayotgan ikki klub ilk turdayoq o‘zaro to‘qnash keladi.

Toshkent vaqti bilan 16:35 da «Shanxay SIPG» o‘z maydonida «Chanchun Yatay» klubini qabul qiladi. Mezbonlar safida Odil Ahmedovning maydonga tushishi so‘roq ostida. Sir emaski, Super liga reglamentiga ko‘ra maydonda uch nafar xorijlik futbolchi harakat qilishi mumkin. Shanxayliklarda esa legionerlar soni 5 nafar: Xalk, Oskar, Elkesen, Karvalyu hamda Ahmedov. Bosh murabbiy Andre Villash-Boash bu borada qiyin tanlovda qolgan.

Ma’lumot uchun, «Shanxay SIPG» yangi mavsum hisobidan 3 ta xalqaro o‘yin o‘tkazib, ularning barchasida zafar quchishga muvaffaq bo‘ldi. Chempionlar ligasining pley-offida Tailand klubi darvozasiga javobsiz 3 ta gol urgan jamoa, guruh bosqichida «Seul»ni safarda 1:0, «Vestrn Sidney»ni Shanxayda 5:1 hisoblarida mag‘lub eta oldi. Ahmedov ularning barchasida to‘liq harakat qilgandi.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 14:30, 04.03.2017.
O'qildi: 7286 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.