Kirish Ro'yxatdan o'tish
01/02 00:45 Kalyari 4-0 Verona
01/02 01:00 Elche 1-3 Barselona
01/02 01:00 Liverpul 4-1 Nyukasl
01/02 13:00 Yaponiya 2-1 O‘zbekiston
01/02 13:00 Tojikiston 0-1 Avstraliya
01/02 16:30 Torino 1-0 Lechche
01/02 17:00 Eron 5-2 Afg‘oniston
01/02 17:00 Saudiya Arabistoni 6-1 Malayziya
01/02 18:00 Real Madrid 2-1 Rayo Valyekano
01/02 19:00 Komo 0-0 Atalanta
01/02 19:00 Man. Yunayted 3-2 Fulhem
01/02 19:00 Nottingem Forest 1-1 Kristal Pelas
01/02 19:00 Aston Villa 0-1 Brentford
01/02 20:15 Betis 2-1 Valensiya
01/02 21:30 Tottenhem 2-2 Manchester Siti
01/02 22:00 Cremonese 0-2 Inter
01/02 22:30 Xetafe 0-0 Selta
02/02 00:45 Parma 1-4 Yuventus
02/02 01:00 Atletik Bilbao 1-1 Real Sosyedad
03/02 00:45 Udineze - Roma
03/02 01:00 Sanderlend - Byornli
03/02 01:00 Malyorka - Sevilya

Akmal Bozorov: «Kuchli ishtiyoq evaziga «Metallurg»ni mag‘lub eta oldik»

Akmal Bozorov: «Kuchli ishtiyoq evaziga «Metallurg»ni mag‘lub eta oldik»

Baho:
+ | -

Tur sensasiyasi sifatida e’tirof etilayotgan «Metallurg» - «Dinamo» (0:2) uchrashuvidan so‘ng, samarqandliklar sardori, shu kuni jamoasining ikkinchi goliga mualliflik qilgan Akmal Bozorovning o‘yindan keyingi fikrlari bilan qiziqdik.

«Dastlabki turda Bekoboddagi o‘yin oson bo‘lmasligini juda yaxshi tushunayotgandik va buni jamoamiz asosini tashkil etayotgan yoshlarga ham tushuntirishga intildik. Shu bois butun o‘yin davomida «bir kishi hamma uchun, hamma bir kishi uchun» shiori ostida to‘p surdik. Bilasiz, tajriba bobida «Metallurg» hurmatga sazovor jamoa, bizning tarkib esa yoshlardan iborat. O‘yindan oldin ko‘pchilik jamoamizning g‘alabasiga ishonmagan bo‘lishi mumkin, ammo biz kuchli ishtiyoq evaziga yakunda g‘alaba qozonganimizdan xursandmiz. Hozirgi iqlim sharoitida maydonning holati talab darajasida emasligi har ikki jamoaga ham muammo tug‘dirdi. Oxirigacha kurashib, uch ochkoni qo‘lga kiritdik. Shu kuni bizni tinmay qo‘llab-quvvatlab turgan muxlislarning yordami katta bo‘ldi. Ularni xursand qilish uchun yanada harakat qilamiz. Shu kuni omad biz tomonda bo‘ldi. «Metallurg» jamoasini kuchli jamoa deb bilaman» - deydi «Dinamo» jamoasi sardori Akmal Bozorov.

«Ikkinchi gol? O‘yinning so‘nggi daqiqalarida mezbonlarning to‘liq hujumga o‘tishi ma’lum edi. Shu bois o‘yin oxirida maydon markazida to‘p qabul qilib olgan zahoti, hujum boshlash uchun Komil Sharofutdinovga oshirdim. Komil esa «pasi» bilan hujumga o‘tgan tezkor hujumchimiz Abdumalik Abdullayevni darvozabon bilan yakkama-yakka holatiga olib chiqdi. Abdumalik darvozabonni aldab, yo‘llagan zarbasini «Metallurg» himoyachisidan oldinroq yetib kelib, darvozaga kiritdim» - deydi goli haqida jamoa sardori.

Manba: fcdinamo.uz
Kiritildi: 21:45, 04.03.2017.
O'qildi: 6404 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.