Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/09 00:00 Real Sosyedad 0-3 Atletiko
14/09 18:45 Neftchi 1-0 Al-Quva al-Javiya
14/09 21:00 Shabab al-Ahli 1-0 Traktor
14/09 21:00 Ash-Shamol 1-1 Al-Ittihod
14/09 21:30 Komo 2-1 Parma
14/09 21:30 Torino 0-2 Roma
14/09 23:15 Al-Ahli (SA) 1-1 Paxtakor
14/09 23:15 Al-Qodisiya 2-1 Al-Vasl
14/09 23:15 Istiqlol 3-0 As-Sadd
14/09 23:45 Inter 5-3 Udineze
15/09 00:00 Vilyarreal 1-2 Betis
15/09 00:00 Lids 4-1 Nyukasl
15/09 15:00 Tejon Hana Citizen 1-0 Kyoto Sanga
15/09 15:00 Gamba Osaka 4-1 Kongan Hanoi
15/09 15:00 Kashima Antlers 7-1 Nyukasl Jets
15/09 15:00 Ratchaburi 4-6 Shangxay Port
15/09 17:15 Beyjing Guoan - Poxang Stilers
15/09 17:15 Johor Dorul Ta'zim - Buriram Yunayted
15/09 21:00 Al-Ayn - An-Nasr (SA)
15/09 23:15 Al-Hilol - Al-G‘arafa
16/09 15:00 Chonbuk Motors - Kashiva Reysol
16/09 17:15 Port - Vissel Kobe

Uzbek Tigers Toshkentdagi ishonchli g‘alabasiga qaramay guruhda so‘nggi o‘rinda. Astana Arlans yaqqol peshqadam

Uzbek Tigers Toshkentdagi ishonchli g‘alabasiga qaramay guruhda so‘nggi o‘rinda. Astana Arlans yaqqol peshqadam

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT / Sport turlari / Boks
Rukn: Yangiliklar

Jahon boks seriyasi (WSB)ning VII mavsum «C» guruhi 3-turida O‘zbekistonning Uzbek Tigers jamoasi 4 mart kuni Toshkentdagi «O‘zbekiston» sport majmuasida Rossiyaning Patriot Boxing Team bokschilariga qarshi bahs olib bordi.

Boks kechasida o‘tkazilgan barcha vazndagi 5 uchrashuvda o‘zbekistonlik bokschilar Abdulhay Shorahmatov (-56 kg), Elnur Abduraimov (-64 kg), Isroil Madrimov (-75 kg), Zuhriddin Mahkamov (+91 kg) va Hasanboy Do‘stmatov (-49 kg) rossiyalik raqiblarini mag‘lubiyatga uchratdi.

4 mart kuni, shuningdek, «S» guruhidagi ikkinchi juftlik – Qozog‘istonning Astana Arlans va Xitoyning China Dragons jamoalari kuch sinashdi. Unda qozog‘istonlik bokschilar 5:0 hisobida zafar quchdi.

«S» guruhi 3-turidan keyin Astana Arlans 9 ochko bilan yaqqol peshqadamga aylanib oldi. Patriot Boxing Team 4 ochko bilan 2-o‘rinda bormoqda. Toshkentda erishilgan dastlabki va ishonchli g‘alabaga qaramay, Uzbek Tigers 3 ochko bilan hozircha oxirgi – 4-o‘rinni egallab turidi. Xitoylik bokschilar o‘zaro janglarda Uzbek Tigers’dan ustun kelgani uchun O‘zbekiston jamoasidan yuqoriroqda joylashdi.

Eslatib o‘tamiz, WSB doirasida Uzbek Tigers 2017 yil hisobidan uchta jang o‘tkazdi. Toshkentdagi g‘alabadan avval jamoa avvaliga Xitoyda China Dragons’dan 2:3 hisobida yengilgan bo‘lsa, keyinroq Qozog‘istonda Astana Arlans’ga 1:4 hisobida imkoniyatni boy bergandi.

Ma’lumot uchun, Uzbek Tigers guruh bosqichi 4-tur bellashuvlarini 18 mart kuni Toshkentda China Dragons’ga qarshi o‘tkazadi. Astana Arlans esa o‘sha kuni ketma-ket uchinchi marta o‘z uyida jang qiladi. Qozog‘istonlik bokschilar Rossiyaning Patriot Boxing Team jamoasi vakillarini qabul qiladi.

 

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 12:39, 05.03.2017.
O'qildi: 16413 marta.
Fikrlar: 8 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик