«Xorazm» professional futbol klubiga mahalliy mutaxassis Vali Sultonov bosh murabbiy etib tayinlandi.
Vali Sultonov jamoaning qolgan uchrashuvlarida bosh murabbiy sifatida faoliyat olib boradi.
"Yangi bosh murabbiyga jamoamiz bilan birgalikda oldinda turgan uchrashuvlarda yuqori natijalarga erishish, klub oldiga qo‘yilgan maqsad va vazifalarni muvaffaqiyatli amalga oshirish yo‘lida zafarlar tilab qolamiz", — deyiladi «Xorazm» PFK matbuot xizmati tarqatgan xabarda.
Ma’lumot o‘rnida. "Xorazm" Superliganing 21-turidan so‘ng 21 ochko bilan 13-o‘rinni egallab turibdi.













