Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/10 19:00 Neftchi 2-2 Xorazm
09/10 18:30 Qo‘qon-1912 - Mash’al
09/10 19:00 Paxtakor - Bunyodkor
09/10 19:00 Buxoro - Andijon
09/10 19:30 Nasaf - Dinamo

Elit OCHL. “Neftchi” musobaqadagi ilk g‘alabasini qo‘lga kiritdi

Elit OCHL. “Neftchi” musobaqadagi ilk g‘alabasini qo‘lga kiritdi

Baho:
+3 | -

Elit Osiyo Chempionlar Ligasining 1-turida “Neftchi” Iroqning “Eyr Fors” klubini qabul qildi. Keskin va murosasiz kechgan bahsda farg‘onaliklar 1:0 hisobida zafar quchdi.

Jamoalar o‘yinni ehtiyotkorona tarzda olib bordi va uzoq vaqt davomida hisob ochilmadi. Uchrashuv taqdirini esa zaxiradan maydonga tushgan futbolchilar hal qildi. 56-daqiqada Yan Medeyros o‘rniga o‘yinga qo‘shilgan Zoran Marushich 83-daqiqada g‘alaba golini kiritdi. Koffi Kuao o‘ng qanotdan to‘pni jarima maydonchasiga ajoyib tarzda uzatib berdi, serbiyalik hujumchi esa uni bosh bilan darvozaga aniq yo‘llab, “Neftchi”ga g‘alaba keltirdi.

Qolgan daqiqalarda hisob o‘zgarmadi va Islombek Ismoilov shogirdlari Elit Osiyo Chempionlar Ligasidagi dastlabki g‘alabasini tantana qildi.

“Neftchi” mazkur g‘alaba evaziga musobaqadagi ilk 3 ochkosini qo‘lga kiritdi. Farg‘onaliklar musobaqaning 2-turida Saudiya Arabistonining “An-Nassr” klubiga qarshi maydonga tushadi. Mazkur bellashuv 12 oktyabr sanasiga belgilangan.

Elit Osiyo Chempionlar Ligasi, 1-tur

“Neftchi” (O‘zbekiston) — “Eyr Fors” (Iroq) 1:0
Gol: 1:0 — Marushich (83).
“Neftchi”: Botirali Ergashev, Boyan Siger, Ikromjon Aliboyev, Abrorbek Ismoilov (Bilolxon Toshmirzayev, 46), Nurmuhammad Abdug‘aniyev, Stipe Perisa (Xurshid G‘iyosov, 72), Alisher Odilov, Yan Medeyros Sasse (Zoran Marushich, 56), Farrux Sayfiyev, Koffi Frank Kuao, Fransisko Jurani.
“Eyr Fors”: Muhammad Solih Mejbel, Ruslan Xanoon Al-Darraji, Muslim Musa Al-Hamadani, Saed Ahmad Alrosan, Mohanad Abdulkadhim Al-Jebur, Alharet Al-Sayeg (Mujtaba Mohsin Svayedi, 63), Muhammad Javad Alg‘adab (Haytam Juini, 83), Abbas Favzi Hasan, Saad Abdulameer, Tvisila Kisinda (Murad Muhammad Subeh, 63), Ali Saad Jabbar (Mozes Orkuma, 72).

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 21:10, 14.09.2026.
O'qildi: 2661 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик