Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/02 13:00 Iroq 2-4 Eron
05/02 17:00 Indoneziya 5-3 Yaponiya
07/02 00:45 Verona - Piza
07/02 01:00 Lids - Nottingem Forest
07/02 01:00 Selta - Osasuna
07/02 17:00 Indoneziya - Eron
07/02 17:30 Man. Yunayted - Tottenhem
07/02 18:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
07/02 20:00 Bornmut - Aston Villa
07/02 20:00 Arsenal - Sanderlend
07/02 20:00 Byornli - Vest Xem
07/02 20:00 Fulhem - Everton
07/02 20:00 Vulverhempton - Chelsi
07/02 20:15 Barselona - Malyorka
07/02 22:00 Jenoa - Napoli
07/02 22:30 Nyukasl - Brentford
07/02 22:30 Sevilya - Jirona

"Neftchi" - "Paxtakor" (Prevyu)

"Neftchi" - "Paxtakor" (Prevyu)

Baho:
+ | -

Oliy liganing 2-turida "Paxtakor" Farg‘onada "Neftchi" mehmoni bo‘ladi.

Milliy chempionat tashkil etilganidan buyon oliy ligada muntazam ishtirok etib kelayotgan uch jamoadan ikkisining to‘qnashuvi eng prinsipial qarama-qarshilik sifatida e’tirof etiladi. Har ikki klub o‘zaro o‘yinlarda bir-biridan eng ko‘p ochko tortib olgani buni tasdiqlaydi.

Jamoalar oliy ligada 50 o‘yin o‘tkazishgan. Kichik ustunlik "Paxtakor" tarafida - 23 g‘alaba, 7 durang va 20 mag‘lubiyat. Raqib darvozasiga 81 to‘p kiritgan "sherlar" 66 to‘p o‘tkazib yuborishgan. Farg‘onadagi bellashuvlarning 15tasida "Neftchi" g‘olib chiqqan, 5tadan durang va jamoamizning g‘alabasi kuzatilgan. Oxirgi ikki mavsumda farg‘onaliklar o‘z maydonidagi bahslarda zafar quchishgani e’tiborga molik.

Jamoalar O‘zbekiston Kubogida 15 uchrashuv o‘tkazganlar va "Paxtakor" ularning 12tasida ustun kelgan. 3 bellashuvda raqibning yutug‘i kuzatilgan. "Paxtakor-79" xotira turniri va "Toshkent xalqaro turniri" finallarida ham jamoalarning to‘qnashuvi ro‘y berib, ularda jamoamiz muvaffaqiyatga erishgan.

"Paxtakor"ning eng yirik g‘alabasi 6:1, "Neftchi"da esa 4:0 hisoblanadi. Rustam Do‘rmonov o‘zaro uchrashuvlarda 12 to‘p kiritgan. Shuhrat Maqsudov esa har ikki jamoa tarkibida gol urgan yagona o‘yinchi sanaladi.

Farg‘onadagi bahsni Rustam Bobomurodov boshqarib boradi. Hozirgacha u oliy ligada jamoamiz ishtirokidagi 9 uchrashuvda hakamlik qilgan. Ularda 5 g‘alaba, 3 durang va 1 mag‘lubiyat kuzatilgan.

"NEFTCHI" - "PAXTAKOR"
Hakamlar: Rustam Bobomurodov (Navoiy), Artyom Kalinin (Qarshi), Andrey Sapenko (Toshkent viloyati), Daulet Jalimov (Nukus).
Nazoratchi: Rashid Aytekov (Toshkent).
PFL vakili: Ahrol Inoyatov.

Yoshlar tarkiblari bahsi Qirgulidagi stadionda 7 mart, seshanba kuni 15:30da boshlanadi. Asosiy jamoalar o‘yini 8 mart, chorshanba kuni Farg‘onadagi "Istiqlol" stadionida 15:00da start olishi rejalashtirilgan.

Manba: pakhtakor.uz
Kiritildi: 13:27, 06.03.2017.
O'qildi: 7912 marta.
Fikrlar: 6 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.