«Barselona» klubining sport direktori Aryedo Brayda Chempionlar ligasidan o‘rin olgan «Napoli» - «Real» o‘yini haqida gapirdi.
«Real» va «Barselona» bir-biriga katta raqib bo‘lgani uchun ham, bu o‘yinda «Napoli»ga muxlislik qilamiz.
Bu yaxshi jamoa, unda g‘alabani qo‘lga kiritishga qodir bo‘lgan zo‘r futbolchilar bor. «Napoli»ning keyingi bosqichga chiqish imkoniyatlari yomonmas» - dedi Brayd Football Italia xabarida.
«Napoli» — «Real» o‘yini 8 mart kuni 00:45da boshlanadi. Dastlabki o‘yinda madridliklar 3:1 hisobida g‘alaba qozongan.