Kirish Ro'yxatdan o'tish
31/08 00:30 Selta 0-2 Atletik Bilbao
31/08 21:30 Lechche 0-4 Roma
31/08 22:30 Osasuna 1-0 Xetafe
31/08 23:45 Atalanta 1-0 Bolonya
01/09 00:00 Aston Villa 0-1 Arsenal
01/09 00:30 Barselona 5-2 Rayo Valyekano

Kamavinga transferi bo‘yicha «Real»ning talabi ma’lum bo‘ldi

Kamavinga transferi bo‘yicha «Real»ning talabi ma’lum bo‘ldi

Baho:
+ | -

Madridning «Real» klubi yarim himoyachisi Eduardo Kamavinga transfer oynasi yopilguniga qadar jamoani tark etishi ehtimoli juda past.

Diario AS ma’lumotiga ko‘ra, «qirollik klubi» fransuz futbolchisi bo‘yicha takliflarni ko‘rib chiqishga tayyor, ammo faqat kamida 70 million yevro miqdoridagi takliflar muhokama qilinadi.

Hozirga qadar Kamavingaga qiziqish bildirgan klublarning hech biri «Real» talab qilayotgan summaga yaqinlashmagan.

Futbolchining o‘zi ham asosiy tarkibdagi o‘rnini yo‘qotganiga qaramay, Madrid klubini tark etish istagini bildirmagan.

Mish-mishlarga ko‘ra, «Manchester Yunayted» 23 yoshli yarim himoyachi uchun 50 million yevro to‘lashga tayyor bo‘lgan. Shuningdek, Kamavingaga «Chelsi» tomonidan ham qiziqish borligi aytilgan.

Fransiyalik futbolchining «Real» bilan amaldagi shartnomasi 2029 yilga qadar mo‘ljallangan.

Kiritildi: 08:07, 01.09.2026.
O'qildi: 1591 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик