Kirish Ro'yxatdan o'tish

Alvares «Arsenal»ga o‘tishi mumkin — shartnomaga «Barselona» bandi qo‘shilishi ehtimol

Alvares «Arsenal»ga o‘tishi mumkin — shartnomaga «Barselona» bandi qo‘shilishi ehtimol

Baho:
+-1 | -

«Arsenal» Madridning «Atletiko» klubi hujumchisi Xulian Alvaresni o‘z safiga qo‘shib olish ustida ishlashda davom etmoqda.

Argentinalik futbolchi Angliyaga qaytishni istamagani sababli «kanonirlar» taklifini bir necha bor rad etgan. Biroq London klubi 26 yoshli forvardni ko‘ndirish niyatidan voz kechmagan.

TEAMtalk ma’lumotiga ko‘ra, «Arsenal» rahbariyati Alvares va uning oilasi Angliyaga ko‘chib o‘tganidan keyin yangi muhitga muammosiz moslashishi uchun barcha sharoitlarni yaratishga tayyor.

Bundan tashqari, tomonlar ehtimoliy kelishuvga maxsus band kiritish imkoniyatini ham muhokama qilgan. Unga ko‘ra, Alvares kelajakda «Barselona»ga o‘tish imkoniyatiga ega bo‘lishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, argentinalik hujumchi joriy yozda so‘nggi daqiqalarga qadar «Barselona»ga transferini amalga oshirishga harakat qildi. Biroq «Atletiko» rahbariyati futbolchini qo‘yib yuborishga rozi bo‘lmadi.

Endi esa Alvaresning atrofidagi shaxslar uning «Arsenal»ga o‘tishi g‘oyasiga ijobiy munosabatda ekani aytilmoqda.

Kiritildi: 08:22, 01.09.2026.
O'qildi: 3246 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик