Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/01 00:45 Inter 1-0 Lechche
15/01 22:30 Verona 2-3 Bolonya
16/01 00:45 Komo 1-3 Milan
16/01 16:30 Yaponiya - Iordaniya
16/01 20:30 Vyetnam - BAA
17/01 00:45 Piza - Atalanta
17/01 01:00 Espanyol - Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston - Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted - Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid - Levante
17/01 19:00 Udineze - Inter
17/01 20:00 Chelsi - Brentford
17/01 20:00 Lids - Fulhem
17/01 20:00 Liverpul - Byornli
17/01 20:00 Sanderlend - Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem - Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka - Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya - Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli - Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna - Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest - Arsenal

Suriyaga qarshi o‘yin yaqin. O‘zbekiston termasining ikki a’zosi esa Xitoydagi ilk turda qaydnomaga ham kiritilmadi

Suriyaga qarshi o‘yin yaqin. O‘zbekiston termasining ikki a’zosi esa Xitoydagi ilk turda qaydnomaga ham kiritilmadi

Baho:
+ | -

Futbol bo‘yicha Xitoy Superligasida 2017 yilgi mavsum rasman start oldi.

Yangi reglamentga ko‘ra, Xitoy klublari maydonda uch nafar legioner xizmatidan foydalanishi mumkin. Bu qaror kechikib qabul qilingani uchun, avvalroq yetakchi klublar kamida besh nafardan xorijlik futbolchi bilan shartnoma imzolab ulgurgandi. Jumladan, O‘zbekiston milliy terma jamoasi sardori Odil Ahmedov to‘p suradigan «Shanxay SIPG» klubi ham.

Mazkur jamoa bosh murabbiyi Andre Villash-Boash Osiyo Chempionlar ligasining ketma-ket uch o‘yinida Ahmedovni to‘liq o‘ynatgan bo‘lsa, Superliganing dastlabki turida futbolchini qaydnomaga kiritmadi ham. Braziliyalik uch yulduz futbolchi maydonga tushdi va o‘yin taqdirini ham aynan shu trio hal qildi.

Qiziq tomoni, raqib Anzur Ismoilov to‘p suradigan «Changchun Yatay» klubi edi. Uch braziliyalikka qarshi Ismoilov to‘liq harakat qildi. Uning jamoadoshlari hisobni birinchi bo‘lib ochgan bo‘lsa-da, yakunda 5 ta gol o‘tkazib yubordi.

O‘zbekiston milliy terma jamoasining Xitoy Superligasidagi uchinchi vakili Yegor Krimes ham Ahmedov kabi qaydnomaga kirmadi. Mamlakatning so‘nggi ikki yillikdagi chempioni — «Guanjou Evergrand»ga qarshi maydonga tushgan «Beydzing Guoan» 1:2 hisobida yengildi. Jamoa bosh murabbiyi uch nafar legioner limitini ikkita braziliyalik va turkiyalik Buroq Yilmaz bilan to‘ldirdi.

O‘zbekistonlik futbolchilarning Xitoy Superligasida o‘yin amaliyotiga ega bo‘lmasligi mamlakat milliy terma jamoasi manfaatlariga zid yoki zid emasligi borasida aniq ma’lumot yo‘q.

Xitoy Superligasi
1-tur
4 mart, shanba

«Shanxay SIPG» — «Changchun Yatay» 5:1

Gollar: Fan Syadong, 26 (0:1). Xalk, 34-pen (1:1). Elkeson, 43 (2:1). Elkeson, 51 (3:1). Elkeson, 59 (4:1). U Ley, 90+1 (5:1).

5 mart, yakshanba

«Guanjou Evergrand» — «Beydzing Guoan» 2:1

Gollar: Paulinyo, 19 (1:0). Buroq Yilmaz, 38-pen (1:1). Paulinyo, 87 (2:1).
Chetlatishlar: Jao Xedzing, 66 (B). Jing Ji, 81 (G).

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 19:06, 06.03.2017.
O'qildi: 28047 marta.
Fikrlar: 14 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.