Arkadiush Milik jiddiy jarohat olib maydondan chetda qolishi tufayli “Napoli” ustozi Maurisio Sarri ancha muddat jamoani usiz shakllantira oldi. Ajoyib debyutdan keyin jarohatini da’volash bilan o‘tkzagan polshalik hujumchini Dris Mertens uning yo‘qligini bildirmadi. Aldamchi to‘qqizlik rolida jamoasining qutqaruvchisi vazifasini ajoyib tarzda uddaladi. Endi, barchasi ortda qoldi. “Ayaks”ning sobiq futbolchisi maydonga qaytdi. Maurisio Sarri oldida esa navbatdagi muammo, qanday qilib Milikni asosiy jamoaga qayta kiritish turibdi.
“Real Madrid”ga qarshi kechgan ilk o‘yinda Miliksiz harakat qilgan “Napoli” javob uchrashuvida 99 raqamli futbolchisini madonga tushirishga majbur. Italiya Kubogi yarim final doirasida “Yuventus”ga qarshi kechgan bahsni hisobga olmaydigan bo‘lsak, polshalik hujumchi jarohatidan forig‘ bo‘lib qaytganidan buyon hech bir uchrashuvni ilk daqiqalardan boshlay olgani yo‘q.
Sof hujumchi
«Santyago Bernabeu»da kechgan bahs sof hujumchisiz harakat qilgan neapolliklarning hujum uchligi chegaralarini yaqqol ko‘rsatib berdi. «Real Madrid»ga qarshi bahsda, neapolliklar asosan qanotlardan hujum uyushtirdi. g‘ulom, Hyusay, Kalexon, Insinelarning bo‘ylari juda baland emasligi tufayli hujum markazida hech qanday jasorat ko‘rsata olishmadi. Arkadiush kabi sof hujumchi bilan esa “Napoli” madridliklarga jiddiy xavf tug‘dirishi mumkin. 23 yoshli polshalik hujumchi Serxio Ramos va Pepe (yoki Varan)larga qarshi tura olishi, havodagi to‘qnashuvlarni yuta olishi va darvozabonni alday olishi mumkin. Neapolliklar safida birorta futbolchi bunday vazifani bajarishga qodir emas.
Va-bank
Maurisio Sarri madridliklarga qarshi hujumkor jamoani olib chiqishga majbur. Uning vaziyatni kuzatishga vaqti yo‘q. Polshalik hujumchi nafaqat bosh bilan o‘ynay oladi balki to‘pni o‘zida saqlashni ham biladi. Jarohatidan oldin aynan shu tarzda o‘yin namoyish eta boshlagandi. Ertami kechmi Sarri va «Napoli» Arkadiush Milikka muhtoj bo‘ladi. Italiyalik murabbiy endi qaytgan shogirdiga to‘liq ishonishi va unga imkoniyat berishi lozim.
O‘tgan turda «Roma«ga qarshi o‘ynagan «Napoli» Dris Mertensning gollari evaziga g‘alaba qozongan bo‘lsada, o‘tgan bir oyda 5 uchrashuvning 3tasida mag‘lubiyatga uchradi. Bu bahslarda belgiyalik hujumchi jamoasining xaloskori bo‘la olmadi. Aksincha jamoa bilan yo‘qolib qolaverdi. Xullas, barcha faktlar «Napoli» ustozi Milikni asosiy tarkibda maydonga tushirishi kerakligini ko‘rsatmoqda.