Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/07 06:00 Argentina 1-1 Ekvador
05/07 21:00 Ispaniya 0-0 Germaniya
06/07 00:00 Portugaliya - Fransiya
06/07 06:00 Venesuela - Kanada
06/07 21:00 Angliya - Shveysariya
07/07 00:00 Niderlandiya - Turkiya

YECHL. 1/8 final. Rekordlar, faktlar, raqamlar...

YECHL. 1/8 final. Rekordlar, faktlar, raqamlar...

Baho:
+ | -

Chempionlar ligasining nimchorakfinal o‘yinlari raqamlarda.

2 - guruh bosqichini kvartet g‘olibi sifatida yakunlagan 8ta jamoadan faqat 2tasi («Atletiko» va «Yuventus») g‘alaba qozondi. Xullas, 1|8 finalga 2-o‘rin orqali chiqqan jamoalar umumiy - 24:10 hisobida ustun kelishdi.

3 - «Barselona» futbolchilari «PSJ» darvozasi tomon atigi 3 marta aniq zarba yo‘llagan bo‘lsalar, parijliklar Andre ter Shtegenni 10 bora bezovta qilib, 4ta gol urishdi. O‘yin davomida mezbonlar jami 16 marta, mehmonlar esa 7 marta zarba yo‘llashdi.

3 - «Arsenal» CHLda ilk marta 10 daqiqa ichida 3ta gol qo‘yib yubordi.

4 - «Barselona» CHL doirasidagi bitta o‘yinda 6-marta 4ta gol qo‘yib yubordi. Shu o‘yinlarning 2tasida jamoa darvozasini Viktor Valdes qo‘riqlagan.

5 - «Manchester Siti» 2013 yilning noyabridan buyon CHLning bitta o‘yinida ilk marta 5ta gol urdi. Inglizlar o‘shanda SSKA (Moskva)ni 5:2 hisobida yengishgandi.

5 - «Monako» turnirda ilk marta bitta o‘yinda 5ta gol qo‘yib yubordi.

6 - «Arsenal» 6-mavsumki, 1|8 finalning ilk o‘yinida mag‘lubiyatni tan olyapti.

15 - Robert Levandovski «Bavariya»ning uy stadioni - «Alyans Arena»da CHL doirasidagi so‘nggi 13ta o‘yinda 15ta gol urdi.

16 - «Portu» posboni Iker Kasilyas CHL «pley-off» raundida 16-mavsumni qarshi oldi. Bu borada ikkinchi yaxshi natija Rayan Giggz va Raulga tegishli - 15 mavsum.

16 - «Bavariya»ning CHL doirasida o‘z maydonidagi g‘alabali seriyasi 16ta o‘yinga yetdi. To‘plar nisbati - 58-9.

18 - «Monako»ning yangi yulduzlaridan biri Kilian Mbappe klub tarixida CHLda gol urgan eng yosh futbolchiga aylandi. 18 yoshu 63 kunligida «Manchester Siti» darvozasini nishonga olgan Mbappe mashhur David Trezegening 20 yil ushlanib turgan rekordini yangiladi.

20 - «Bavariya» vakillari «Arsenal» posboni David Ospina darvozasi tomon jami 20 marta zarba yo‘llashdi.

20 - «Portu»ning o‘z uyidagi mag‘lubiyatsiz seriyasi 20ta o‘yindan so‘ng uzildi. Portugaliya jamoasi o‘z maydonida oxirgi marta 2016 yilning 30 aprel kuni «Sporting»ga yutqazgandi - 1:3.

34 - «Real»ning CHL doirasida o‘z uyidagi golli seriyasi 34ta o‘yinga yetdi.

37 - Robert Levandovski CHLdagi gollari sonini 37taga yetkazdi. 2012|2013 yillar  mavsumidan boshlab hisoblasak,  undan faqat Lionel Messi (42ta) va Krishtianu Ronaldu (57ta) oldinda, xolos.

38 - «Real» hujumchisi Karim Benzema gol urgan 38ta o‘yinning 30tasi madridliklar foydasiga hal bo‘lgan.

51 - Karim Benzema CHLda 51-golini nishonlab, bu borada vatandoshi Tyerri Anridan o‘zib ketdi va 5-o‘ringa ko‘tarildi. U shuncha golni 89ta o‘yinda hosil qildi. Fransuz hujumchisidan oldinda Krishtianu Ronaldu (95ta), Lionel Messi (93ta), Raul (71ta) va Ruud van Nistelroy (56ta) bor.

103 - «Bavariya» sardori Filipp Lam CHLda 103-marta maydonga tushib, bu borada afsonaviy Oliver Kanga tenglashib oldi.

200 - «Arsenal»ning CHL o‘yinlarida qo‘yib yuborgan gollari soni 200taga yetdi va u bu borada 4-o‘rinda. CHLda eng ko‘p gol qo‘yib yuborgan jamoalar: «Real» - 248ta, «Bavariya» - 226ta, «Barselona» - 221ta.

Texnik ko‘rsatkichlar

Darvoza tomon aniq zarbalar bo‘yicha: 13ta - Karim Benzema («Real»), Anxel di Mariya («PSJ»), Lionel Messi («Barselona»), Edinson Kavani («PSJ»).

Darvoza tomon noaniq zarbalar bo‘yicha: 16ta - Krishtianu Ronaldu («Real»); 14ta - Robert Levandovski («Bavariya»); 11ta - Edinson Kavani («PSJ»).

Sariq kartochkalar bo‘yicha: 4ta - Fernandinyo («Manchester Siti»), Marko Verratti («PSJ»), Vinsent Abubakar («Beshiktosh»). Jami 371ta sariq kartochka qayd etilgan.

Qizil kartochkalar bo‘yicha: 1ta - 18 nafar futbolchi.

Qo‘pollik qilish bo‘yicha: 21 marta - Lyubomir Feysa («Benfika»); 19 marta - Franko Vaskes («Sevilya»), Aleksandr Gaskan («Rostov»).

Qo‘pollikdan jabr chekish bo‘yicha: 27 marta - Jonatan Kafu («Ludogores»); 20 marta - Vitolo («Sevilya»); 19 marta - Aleksis Sanches («Arsenal»).

«Ofsayd»ga tushish bo‘yicha: 12 marta - Rikardo Kuarejma («Beshiktosh»); 10 marta -  Anxel di Mariya («PSJ»).

To‘p oshirish bo‘yicha: 617ta (572tasi aniq, 93 foiz) - Stiven N~Zonzi («Sevilya»); 603ta (549tasi aniq, 91 foiz) - Marko Verratti («PSJ»)

Chap oyoqda gol urish bo‘yicha: 10ta - Lionel Messi («Barselona»); 4ta - Riyod Mahrez («Lester»).

O‘ng oyoqda gol urish bo‘yicha: 5ta - Edinson Kavani («PSJ»); 4ta - Serxio Aguero («Manchester Siti»), Robert Levandovski («Bavariya»).

Bosh bilan gol urish bo‘yicha: 3ta - Karim Benzema («Real»); 2ta - 7 nafar futbolchi.

Jarima maydoni ichidan gol urish bo‘yicha: 9ta - Lionel Messi («Barselona»); 7ta -Edinson Kavani («PSJ»).

Jarima maydoni tashqarisidan gol urish bo‘yicha: 3ta - Anxel di Mariya («PSJ»).

Masofa bosib o‘tish bo‘yicha: 83133 metr - Koke («Atletiko»); 82992 metr - Gabi («Atletiko»); 79627 metr - Luish Pissi («Benfika»). 14 nafar futbolchi 73 kilometrdan ortiq masofa bosib o‘tgan.

Gol urish bo‘yicha: 21ta - «Borussiya» D.; 20ta - «Barselona»; 19ta - «Bavariya», «Arsenal», «Real».

Sariq kartochka olish bo‘yicha: 17ta - «Monako», «Barselona»; 16ta - «Sporting», «Sevilya».

Eng kam sariq kartochka olgan jamoalar: 6ta - PSV, «Tottenxem»; 7ta - SSKA (Moskva).

Qizil kartochka olish bo‘yicha: 2ta - «Borussiya» M., «Manchester Siti», «Beshiktosh», «Sporting».

Burchak to‘pi tepish bo‘yicha: 57 marta - «Napoli»; 55 marta - «PSJ»; 49 marta -  «Bavariya».

To‘p oshirish bo‘yicha: 5405 marta  (92 foiz aniq) - «Bavariya»; 4900 marta (90 foiz aniq) - «Barselona».

To‘pga egalik qilish bo‘yicha: 68 foiz - «Bavariya»; 61 foiz - «Barselona»

To‘purarlar: 10ta - Lionel Messi («Barselona»); 7ta - Edinson Kavani («PSJ»); 6ta - Robert Levandovski («Bavariya»); 5ta - Serxio Aguero («Manchester Siti»), Karim Benzema («Real»).

Assistentlar: 7ta - Neymar («Barselona»); 5ta - Krishtianu Ronaldu («Real»); 4ta - Usmon Dembele («Borussiya» D.), Eduardu Salvio («Benfika»).

Zaxira vakillari gollari bo‘yicha: 4ta - «Real» (Alvaro Morata - 2ta, Lukas Vaskes, Karim Benzema); 3ta - «Borussiya» D. (Andre Shyurrle, Gonsalo Kastro, Marko Roys), «Yuventus» (Xuan Kuadrado, Marko Pyasa, Daniel Alvesh).

Manba: interfutbol.uz
Kiritildi: 10:56, 07.03.2017.
O'qildi: 8880 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.