Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/11 01:00 Bavariya 1-0 Benfika
07/11 01:00 Feyenoord 1-3 Zalsburg
07/11 01:00 Srvena Zvezda 2-5 Barselona
07/11 01:00 Inter 1-0 Arsenal
07/11 01:00 PSJ 1-2 Atletiko
07/11 01:00 Sparta 1-2 Brest
07/11 01:00 Shtutgart 0-2 Atalanta
07/11 13:00 Sidney 0-1 Sanfrechche Xirosima
07/11 15:00 Sebu 2-9 Muangtong Yunayted
07/11 15:00 Chonbuk Motors 1-0 Selangor
07/11 16:00 OKMK 2-2 Olimpik
07/11 17:00 Istern 1-2 Kaya–Iloilo
07/11 17:00 Lion Siti Seylors 2-3 Persib
07/11 17:00 Jechjiang 1-2 Port
07/11 18:15 Dinamo 1-2 Lokomotiv
08/11 00:45 Jenoa - Komo
08/11 18:15 Bunyodkor - Metallurg
09/11 00:45 Lechche - Empoli
09/11 01:00 Rayo Valyekano - Las-Palmas
09/11 16:00 Navbahor - Paxtakor
09/11 17:00 Nasaf - So‘g‘diyona
09/11 18:00 Real Madrid - Osasuna
09/11 18:15 Surxon - Neftchi
09/11 19:00 Venetsiya - Parma
09/11 20:00 Kristal Pelas - Fulhem
09/11 20:00 Vest Xem - Everton
09/11 20:00 Vulverhempton - Sautgempton
09/11 20:00 Brentford - Bornmut
09/11 20:15 Vilyarreal - Alaves
09/11 22:00 Kalyari - Milan
09/11 22:30 Brayton - Manchester Siti
09/11 22:30 Espanyol - Valensiya

“Nasaf” – “Buxoro”. Prevyu

“Nasaf” – “Buxoro”. Prevyu

Baho:
+ | -

8-10 mart kunlari milliy chempionatimizning 2-tur uchrashuvlari bo‘lib o‘tadi. “Nasaf” ushbu tur doirasidagi uchrashuvda “Buxoro” jamoasini qabul qiladi. Uchrashuv G‘uzor shahridagi “G‘uzor” markaziy stadionida soat 16:00da boshlanadi.

O‘zaro uchrashuvlar tarixidan

Mazkur jamoalar milliy chempionatimizda shu paytgacha o‘zaro 38 marta kuch sinashganlar. O‘zaro bo‘lib o‘tgan  uchrashuvlarning 20 tasida jamoamizning qo‘li baland kelgan. 9 uchrashuvda murosa ko‘chasi tanlangan bo‘lsa, 9 uchrashuvda buxorolik futbolchilar g‘alabaga erishgan.

To‘plar nisbati bo‘yicha ham ustunlik jamoamiz tomonida 67-37. “Nasaf”ning “Buxoro” jamoasi ustidan qozongan eng yirik hisobdagi g‘alabasi - 6:0. “Buxoro” jamoasi esa 5:1 - eng yirik hisobda g‘alabaga erishgan.

Qarshidagi uchrashuvlar

Ushbu jamoalar milliy chempionat doirasida Qarshida o‘zaro 18 marta kuch sinashganlar. Qarshida bo‘lgan uchrashuvlarning 12tasida jamoamiz g‘alaba nashidasini surgan. Qolgan 6 uchrashuvda durang natijalar qayd etilgan. “Buxoro” jamoasi hozirgacha Qarshida o‘tgan o‘zaro uchrashuvlarda umuman “Nasaf”ni mag‘lubiyatga uchrata olmagan.

Jamoalarning turnir jadvalidagi holati

“Nasaf” jamoasi joriy chempionatda dastlabki tur uchrashuvidan so‘ng 3 ochkoga ega va turnir jadvalining 3-pog‘onasida bormoqda. “Buxoro” jamoasi ham bitta uchrashuv o‘tkazib, 3 ochkoga ega bo‘ldi. Ular turnir jadvalining 5-pog‘onasini band etib turishibdi. Jamoamiz o‘tgan tur uchrashuvini safarda “Qo‘qon-1912” jamoasiga qarshi o‘tkazdi va 2:1 hisobida g‘alaba qozondi. O‘z maydonida “Olmaliq” jamoasini qabul qilgan buxoroliklar kichik 1:0 hisobida konchilarni dog‘da qoldirishdi.

O‘zaro uchrashuvlar haqida yana ma’lumotlar

O‘zaro uchrashuvlar tarixiga nazar tashlasak, “Buxoro” jamoasi darvozasini dastlab sobiq hujumchimiz Aleksandr Beynarovich ishg‘ol etgan. Ushbu uchrashuv 1997 yil 8 avgustda Qarshida bo‘lib o‘tgan va jamoamiz raqiblarini 3:0 hisobida mag‘lub etishgan. Aleksandr Beynarovich 1997 yilda jamoamiz safida to‘p tepgan. So‘nggi marta “Buxoro” darvozasiga gol  urgan hujumchimiz Dragan Cheran bo‘lib turibdi. U o‘tgan yilgi mavsumning 21-turida bo‘lib o‘tgan Qarshidagi uchrashuvda jamoamizning uchinchi golini kiritgan edi.

Ayni paytda klubimizda murabbiylik faoliyatini olib borayotgan sobiq futbolchilardan Ro‘ziqul Berdiyev, Shuhrat Toshpo‘latov, Nikolay Minchev, Zafar Xolmurodov va Nurali Sultonovlar ham o‘zaro uchrashuvlarda “Buxoro” jamoasi darvozasiga gol kiritishgan.

O‘tgan yilgi chempionatdagi o‘zaro uchrashuvlar haqida

O‘tgan yilgi chempionatda jamoalar dastlab Buxoroda kuch sinashishgan. 24 aprelda bo‘lib o‘tgan 6-tur uchrashuvida “Nasaf” jamoasi “Buxoro”ni 2:0 hisobida taslim etgan edi. Uchrashuvdagi gollarga Sherzod A’zamov va Azamat Allaniyozovlar mualliflik qilishgan. Esingizda bo‘lsa, ushbu uchrashuvga rekord darajadagi muxlislar tashrif buyurishgan.

Quyida uchrashuv qaydnomasini e’tiboringizga havola qilamiz.

24.04.2016. O‘zPFL 6-tur.

“Buxoro” (Buxoro) – “Nasaf” (Qarshi) 0:2   24 105 tomoshabin

Gollar: Sherzod A’zamov, 9’-0:1, Azamat Allaniyozov, 89’-0:2.

Noaniq penalti – Ruslan Melzetdinov, 48.

Ikkinchi davrada esa mazkur jamoalar Qarshida bahs yuritishgan. Bu uchrashuvda jamoamiz buxoroliklarni yirik 3:0 hisobida mag‘lub etishgan. Uchrashuvdagi  gollarga Shaxboz Erkinov, Farrux Sayfiyev va Dragan Cheranlar mualliflik qilishgan.

Quyida uchrashuv qaydnomasini e’tiboringizga havola qilayapmiz.

O‘zPFL 21-tur. 09.09.2016 y.

“Nasaf” (Qarshi) – “Buxoro” (Buxoro) 3:0 (2:0). 4756 tomoshabin

Gollar: Shaxboz Erkinov, 11’-1:0, Farrux Sayfiyev, 36’-2:0, Dragan Cheran, 75’-3:0

 

Bo‘lajak uchrashuv hakamlari haqida

O‘zPFL 2-tur. 09.03.2017 y.

“Nasaf” (Qarshi) – “Buxoro” (Buxoro)

G‘uzor sh., “G‘uzor” markaziy stadioni. Soat 16:00da

Bosh hakam: Timur To‘xtasinov (Andijon)

Qanot hakamlari: Ziyodullo Abduraxmonov, Anvarjon Maradjabov (ikkalasi ham Andijondan)

Zaxira hakami: Asker Nadjafaliyev (Toshkent)

Nazoratchi: Radik Serazetdinov (Toshkent).

O‘zPFL vakili: Roman Chernikov.

Timur To‘xtasinov bu yildan jamoamiz ishtirokidagi uchrashuvda birinchi marta bosh hakamlik qiladi.

 

Bo‘lajak uchrashuvning boshlanish vaqti

9 mart payshanba kuni G‘uzorda bo‘ladigan “Nasaf” – “Buxoro” uchrashuvi soat 16:00da boshlanadi.

Mazkur jamoalarning o‘rinbosarlari o‘rtasidagi uchrashuv esa 8 mart kuni "Geolog" stadionida bo‘lib o‘tadi. Ushbu uchrashuv soat 15:30da boshlanadi.

Manba: fcnasaf.uz
Kiritildi: 12:41, 07.03.2017.
O'qildi: 4713 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.