Kirish Ro'yxatdan o'tish
21/01 01:00 Vilyarreal 1-2 Ayaks
21/01 01:00 Tottenhem 2-0 Borussiya D
21/01 01:00 Sporting 2-1 PSJ
21/01 01:00 Real Madrid 6-1 Monako
21/01 01:00 Olimpiakos 2-0 Bayer
21/01 01:00 Inter 1-3 Arsenal
21/01 01:00 Kopengagen 1-1 Napoli
21/01 22:45 Qorabog‘ 3-2 Ayntraxt F
21/01 22:45 Galatasaroy 1-1 Atletiko
22/01 01:00 Bavariya 2-0 Yunion
22/01 01:00 Marsel 0-3 Liverpul
22/01 01:00 Nyukasl 3-0 PSV
22/01 01:00 Slaviya 2-4 Barselona
22/01 01:00 Chelsi 1-0 Pafos
22/01 01:00 Yuventus 2-0 Benfika
22/01 01:00 Atalanta 2-3 Atletik Bilbao

«Arsenal» — «Bavariya». Prevyu

«Arsenal» — «Bavariya». Prevyu

Baho:
+ | -

Yevropa Chempionlar ligasining chorakfinali yo‘lida bugun — 7 mart kuni «Bavariya» futbolchilari «Arsenal» bilan o‘yin uchun Londonga tashrif buyuradi.

Hakam: Tasos Sidiropulos

Jarohatlar: Santi Kasorla («Arsenal») — Jerom Boateng («Bavariya»).
Diskvalifikasiya: Filipp Lam («Bavariya»).
So‘roq ostidagilar: Muhammad Elneni, Mesut O‘zil, Aaron Remzi (hammasi «Arsenal»).

O‘zaro o‘yinlar

Tomonlar bunga qadar 11 bor to‘qnash kelgan bo‘lib, shularning 6 tasida «Bavariya»ning, 3 tasida «Arsenal»ning qo‘li baland kelgan. 2 uchrashuv durang bilan yakunlangan. To‘plar nisbatidagi ustunlik «Bavariya» tomonidan — 22:12.

Bu qiziq!

«Arsenal» ketma-ket olti bor 1/8 finaldan chiqib ketgan. Hozir yettinchisiga yaqin turibdi.

Hozirga qadar faqat uch klub 4 ta gol farqi bilan mag‘lub bo‘lib, keyinchalik uy uchrashuvida kerakli g‘alabaga erishgan:

1962 yil «Leyshoyesh» klubi «Sho-De-Fon» jamoasiga qarshi o‘yinda shunday baxtga erishgan. 1985 yil «Partizan» Londondan 2:6 hisobidagi mag‘lubiyat bilan qaytib, o‘z maydonida «KPR» ustidan 5:0 hisobida zafar quchgan. 1986 yil «Real» Myonxengladbaxda 1:5 hisobida yengilib, Madridda 4:0 hisobida zafar quchgan. Bunda 2004 yilgi mavsum «Deportivo» amalga oshirgan ishni ham eslab ketish o‘rinli. O‘z maydonida «Milan»dan 1:4 hisobida yengilgan ispan klubi safarda 4:0 hisobida muvaffaqiyat qozongandi.

«Bavariya» «Arsenal»ni 1/8 finalda hozirga qadar uch bor qoldirib ketgan — 2005, 2013 va 2014 yillar.

«Arsenal» shu kunga qadar yevrokuboklarda Bundesliga jamoalari bilan 17 bor to‘qnash kelgan bo‘lib, shularning 11 tasida zafar quchgan. 1 ta uchrashuvda durang qayd etilgan va 5 tasida nemislar g‘alabaga erishgan.

«Arsenal» pley-offning dastlabki uchrashuvida mag‘lub bo‘lgan 11 holatdan faqatgina 2 tasida keyingi bosqichga yo‘l olgan. 1979 yil Xorvatiyaning «Xayduk», 2010 yil esa Portugaliyaning «Portu» klublari birinchi uchrashuvda «Arsenal»ni yenggan, biroq keyingi o‘yinda maqsadiga yeta olmagan.

«Bavariya» Chempionlar ligasining safardagi 13 uchrashuvidan faqatgina 3 tasida zafar quchgan va 7 tasida imkoniyatni boy bergan.

«Bavariya» pley-off o‘yinlarining mehmondagi so‘nggi sakkiztasida zafar qucha olmadi: 4 ta g‘alaba va 4 ta durang. 2014 yilda klub «Arsenal»ni Londonda 2:0 hisobida mag‘lub etganidan buyon pley-offning safar o‘yinlarida omadi chopmaydi.

Xosep Gvardiola boshqaruvida «Bavariya» so‘nggi uch mavsum yarim finalda to‘xtagandi.

«Bavariya» so‘nggi besh mavsumda ingliz klublariga qarshi 18 ta uchrashuv o‘tkazdi. Safarda myunxenliklar 5 ta g‘alabaga erishgan, 8 bor durang o‘ynagan va 8 martasida mag‘lub bo‘lgan.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 14:41, 07.03.2017.
O'qildi: 4786 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.