«Bornmut» himoyachisi Tayron Mingz 5 o‘yinga diskvalifikasiya qilindi.
Futbolchi «MYU» (1:1) klubiga qarshi o‘yinda yerga yiqilgan Zlatan Ibrohimovichning boshini bosib ketgandi. U esa birozdan so‘ng Mingzning yuziga tirsagi bilan urgandi. O‘yindan so‘ng har ikkalasi ham buni atayin qilmaganini aytgan edi.
Angliya futbol assosiasiyasi bu vaziyatni o‘rganib chiqib, Tayron Mingzni 5 o‘yinga chetlatish haqida qaror chiqardi. Kecha Ibrohimovich 3 o‘yinga diskvalifikasiya qilingandi.