"Benfika" bosh murabbiyi Ruy Vitoriya YECHL 1/8 finalining javob uchrashuvida "Borussiya"dan uchralgan mag‘lubiyatdan so‘ng (0:4) fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
"Biz o‘yinni yomon boshladik va tezkor gol o‘tkazib yubordik. Ammo shundan so‘ng juda yaxshi o‘ynay boshladik, ammo dortmundliklarga ikkinchi golni o‘tkazib yubordik.
Yaxshi o‘yin ko‘rsatganimizni hamma ko‘rdi, "Benfika"da keyingi bosqichga chiqish imkoniyati bor edi.
Tanaffusdan so‘ng bir nechta xavfli vaziyatlar yaratdik, ammo ulardan foydalana olmadik. Shundan so‘ng o‘yinning borishini o‘z tomonimizga og‘dira olmadik", - deydi Vitoriya.