Kirish Ro'yxatdan o'tish
25/05 00:00 Vilyarreal 5-1 Atletiko
25/05 00:45 Torino 2-2 Yuventus

«Real»da «Barselona» bilan o‘yin oldidan Mbappe bo‘yicha bir qarorga kelindi

«Real»da «Barselona» bilan o‘yin oldidan Mbappe bo‘yicha bir qarorga kelindi

Baho:
+3 | -

«Real» hujumchisi Kilian Mbappe La Liga 35-turi doirasidagi «Barselona»ga qarshi bahsda asosiy tarkibda maydonga tushmasligi mumkin.

Cadena SER nashrining yozishicha, madridliklar ustozi Alvaro Arbeloa, agar fransuz hujumchisi jarohatidan to‘liq sog‘ayishga ulgursa ham, uni zaxirada qoldirish fikriga moyillik bildirmoqda. Mbappe jarohatni aprel oyi oxirida «Betis»ga qarshi o‘yinda olgan edi.

Tiklanish jarayonida futbolchi sevgilisi bilan Italiyaga sayohat qilganidan so‘ng muhokamalar markazida qoldi. Ispaniya OAVlarining ma’lumotlariga ko‘ra, muxlislarning bir qismi va «Real»ning ayrim futbolchilari ushbu vaziyatni salbiy qabul qilishgan.

Mbappe La Liganing joriy mavsumida 28 ta uchrashuvda maydonga tushib, 24 ta gol urdi va to‘rtta golli uzatmani amalga oshirdi. «Real» va «Barselona» o‘rtasidagi to‘qnashuv 10 may kuniga belgilangan.

Kiritildi: 20:46, 05.05.2026.
O'qildi: 19705 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик