Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/06 03:00 Braziliya 1-1 Marokash
14/06 06:00 Gaiti 0-1 Shotlandiya
14/06 09:00 Avstraliya 2-0 Turkiya
14/06 22:00 Germaniya 7-1 Kyurasao
15/06 01:00 Niderlandiya 2-2 Yaponiya
15/06 04:00 Kot-d'Ivuar 1-0 Ekvador
15/06 07:00 Shvesiya - Tunis
15/06 21:00 Ispaniya - Kabo-Verde
15/06 23:59 Belgiya - Misr
16/06 03:00 Saudiya Arabistoni - Urugvay
16/06 06:00 Eron - Yangi Zelandiya
16/06 23:59 Fransiya - Senegal

«Real» «Manchester Siti» himoyachisini sotib olmoqchi

«Real» «Manchester Siti» himoyachisini sotib olmoqchi

Baho:
+ | -

«Manchester Siti» himoyachisi Yoshko Gvardiol faoliyatini Ispaniyada davom ettirishi mumkin. Sportske Novosti nashrining ma’lumotlariga ko‘ra, xorvatiyalik futbolchining transferiga «Real» Madrid klubi qiziqish bildirmoqda.

Madrid klubi o‘yinchini shu yozda sotib olish variantini ko‘rib chiqmoqda. Qayd etish joizki, Yoshko Gvardiol shu yilning yanvar oyida bo‘lib o‘tgan «Chelsi»ga qarshi o‘yinda (1:1) o‘ng oyoq boldir suyagini sindirib olgan edi. Xorvatiyalik futbolchi operasiya qilindi va yaqin oradagina individual dastur asosida mashg‘ulotlarga qaytdi.

Gvardiol 2023 yilda «RB Leypsig»dan «Manchester Siti»ga 90 million yevro evaziga o‘tgan edi. Uning amaldagi shartnomasi 2028 yilning 30 iyuniga qadar mo‘ljallangan. Joriy mavsumda xorvatiyalik himoyachi «shaharliklar» safida barcha musobaqalarda 23 ta o‘yinda maydonga tushib, ikkita gol urdi va beshta golli uzatmani amalga oshirdi.

Kiritildi: 20:48, 05.05.2026.
O'qildi: 4232 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик