Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/12 17:30 Manchester Siti 1-1 Everton
26/12 20:00 Bornmut 0-0 Kristal Pelas
26/12 20:00 Chelsi 1-2 Fulhem
26/12 20:00 Nyukasl 3-0 Aston Villa
26/12 20:00 Nottingem Forest 1-0 Tottenhem
26/12 20:00 Sautgempton 0-1 Vest Xem
26/12 22:30 Vulverhempton - Man. Yunayted
27/12 01:00 Liverpul - Lester
28/12 00:30 Brayton - Brentford
28/12 01:15 Arsenal - Ipsvich
28/12 19:00 Empoli - Jenoa
28/12 19:00 Parma - Monsa
28/12 22:00 Kalyari - Inter

Kevin Kurani: «Eng muhimi – futbol tirik»

Kevin Kurani: «Eng muhimi – futbol tirik»

Baho:
+ | -

Kevin Kurani Rossiyaga qaytdi. Aniqrog‘i, «Afsonalar kubogi» turnirida Germaniya terma jamoasi sardori bo‘ldi. Albatta, uning tashrifidan unumli foydalangan rossiyalik jurnalistlar qisqacha intervyu uyushtirishdi.

— Bu musobaqada ishtirok etishingiz professional faoliyatingizni yakunlayotganingizdan dalolatmi?

— Hozircha bir qarorga kelmadim. Bir-ikki oydan so‘ng aniq bir to‘xtamga kelsam kerak. Hozircha takliflar bor. Masalan, Xitoydan. Lekin oilam bilan maslahatlashgan holda u yerga bormaslikka qaror qildim.

— O‘zingiz hal qildingizmi yoki oilangizmi?

— Oilam desam to‘g‘riroq bo‘ladi. Rafiqamni tushunsa bo‘ladi. U hech qayerga ketishni istamaydi. Axir Germaniyaga qaytganimizga endi bir yarim yil bo‘ldi. Endigina qayta moslashdik. Bolalar maktabga borish­yapti. Hammayoq tinch.

— Hozirgi kunda Xitoy klublari uchun 10-15 million dollar miqdorida maosh berish hech nima bo‘lmay qoldi.

— Anchadan beri futbol o‘ynayman va oddiy hayot kechirish uchun keragicha mablag‘ to‘pladim deb o‘ylayman. To‘g‘ri, futbolchining faoliyati uzoq davom etmaydi. Masalan, oddiy insonlar bir joyda 50 yil ishlashlari mumkin. Bizniki esa 15 yil davom etadi. Albatta, inson puli yanada ko‘p bo‘lishini istaydi. Lekin hammasidan oila muhimligini unutmaslik lozim.

— 28 yoshingizda bundesliga klubidan Moskvaning «Dinamo»siga o‘tgansiz. Bu transferning Xitoynikidan farqi nimada?

— Albatta, 35 yoshda emasdim. O‘shanda hamma katta maosh uchun bu jamoaga o‘tdi deb o‘ylagan. Aslida esa men ajoyib megapolisga kelganman. «Dinamo» yevrokuboklarda o‘ynardi, o‘z oldiga yuqori maqsadlarni qo‘yardi va kuchli futbolchilarni xarid qilardi. O‘shanda «Dinamo» jiddiy loyiha edi. Shu bois ham qarorimdan umuman afsuslanmayman.

— Hozir bu loyiha buzilib ketyapti.

— Bilaman. Klub stadionidan ham mahrum bo‘lay dedi.

— Siz mashhur futbolchilardan birisiz. Hammasi shunday yakunlanishi mumkinligini sezganmisiz?

— To‘g‘risini aytsam, yo‘q. Futbolchilar o‘zlarini maydonda ko‘rsatishadi va tashqarida bo‘layotgan voqealarga unchalik ham e’tibor bermaydilar. Umuman olganda, «Dinamo» bazasida sharoitlar ajoyib edi. Maoshlarimiz o‘z vaqtida to‘lanardi. Men ketganimdan keyin vaziyat o‘zgarib ketdi. Lekin juda achindim. «Dinamo»ni boshqacha yaxshi ko‘rardim.

— Klubning «Torpedo» singari yo‘q bo‘lib ketmasligiga ishonasizmi?

— Shunday bo‘lmasligiga umid qilaman. Lekin har narsa bo‘lishi mumkin. Bordi-yu «Dinamo» yo‘qolib ketadigan bo‘lsa, Rossiya boy tarixga ega klubdan mahrum bo‘ladi.

— O‘yinlarga muxlislar tashrifi borgan sari kamayib ketmoqda.

- Lekin jamoaning haqiqiy fanatlari doim birgalar.

— Rossiya chempionatida kim peshqadamlik qilayotganini bilasizmi?

— Ha, «Spartak». Ularning ancha himoyaviy futbol namoyish qilayotganlari, bu esa natija berayotganini ham aytishim mumkin. Bu jamoaning natijalaridan xursandman. U yerda do‘stlarim o‘ynashadi. Masalan, Kvinsi. U bilan tez-tez muloqot qilib turaman. Yana Ze bilan tanishman.

— Kvinsining «Liverpul»ga o‘tishi mumkinligi haqida xabarlar tarqagandi. Sizningcha, bu haqiqatga qanchalik yaqin?

— U har qanday jamoada o‘ynay olish imkoniyatiga ega.

— Smolovning o‘sishiga ajablandingizmi?

— Yo‘q. Bu yerga kelganimdayoq uning kuchli futbolchi ekaniga amin bo‘lganman. Faqatgina futbolga munosabatini o‘zgartirsa bo‘lgani edi. Fedya shu ishni qildi va ancha kuchaydi. Buni o‘zi ham tan oladi.

— Nima uchun Kokorin o‘sa olmayapti?

— U haqda erta gapira boshlashdi. Shu bois ham undan ko‘p narsa kutishadi. Kutish esa futbolchi uchun katta bosim yuklaydi. Umid qilamanki, Sasha bu bosimni yengib o‘tadi.

— Gekdeniz Karadeniz rus futbolchilarini tanqid qilishda davom etmoqda. Uning aytishicha, bu yerda iqtidorlar ko‘p ekan. Lekin kam ishlasharkan va futbolga bo‘lgan munosabatlari yomon ekan.

— Har kimning o‘z fikri bor. Kimnidir birinchi katta maosh aqldan ozdiradi. Shundan so‘ng u o‘yin haqida o‘ylamay qo‘yadi. Boshqalar esa o‘z ustlarida ishlashda davom etishadi.

— Rossiyada sizni hayron qoldirgan narsa nima?

— Qizil maydon. Bu sizlar uchun oddiy bo‘lishi mumkin. Lekin men uchun o‘zgacha arxitektura.

— Umuman olganda, yomon maydonlar, klublar o‘rtasidagi moliyaviy farq haqida gapirishingizni kutgandik.

— Bu hamma joyda bor narsa. Masalan, Germaniyada «Bavariya» va «Borussiya» «Darmshtadt» yoki «Frayburg»­dan ancha boy.

— Lekin Germaniyada klublar o‘z aravalarini o‘zlari tortishadi. Rossiyada esa barchasi byudjet pullariga bog‘liq.

— Bu ham bir yo‘l. Eng muhimi - futbol tirik.

Manba: interfutbol.uz
Kiritildi: 11:17, 09.03.2017.
O'qildi: 5754 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.