Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/04 00:00 Brayton - Chelsi
22/04 00:30 Real Madrid - Alaves
22/04 00:30 Jirona - Betis
22/04 18:00 Surxon 2-1 Mash’al
22/04 20:15 Buxoro 0-1 Paxtakor
22/04 22:00 Elche - Atletiko
22/04 23:00 Real Sosyedad - Xetafe
23/04 00:00 Bornmut - Lids
23/04 00:00 Byornli - Manchester Siti
23/04 00:30 Barselona - Selta
23/04 19:00 Navbahor - So‘g‘diyona
23/04 19:00 Nasaf - Lokomotiv
23/04 20:15 Dinamo - OKMK
23/04 22:00 Levante - Sevilya
23/04 23:00 Rayo Valyekano - Espanyol
24/04 00:30 Real Ovyedo - Vilyarreal
24/04 19:00 Xorazm - Neftchi
24/04 19:00 Qizilqum - Qo‘qon-1912
24/04 20:15 Bunyodkor - Andijon
24/04 23:45 Napoli - Cremonese
25/04 00:00 Sanderlend - Nottingem Forest
25/04 00:00 Betis - Real Madrid

O‘zbekiston ayollar termasi o‘rtoqlik o‘yinida BAAni yirik hisobda mag‘lubiyatga uchratdi

O‘zbekiston ayollar termasi o‘rtoqlik o‘yinida BAAni yirik hisobda mag‘lubiyatga uchratdi

Baho:
+ | -

Ayni vaqtda BAAning Dubay shahrida o‘quv-mashg‘ulotlar yig‘inini o‘tkazayotgan O‘zbekiston ayollar terma jamoasi kecha, 9 mart kuni BAA ayollar termasiga qarshi bahs olib bordi.

Gollarga boy kechgan o‘yinda Sherali Boboqulov shogirdlari 8:1 hisobida g‘alaba qozondi. Mahliyo Sarikova va Lianna Narbekova xet-trik qayd etgan bo‘lsa, Lyudmila Karachik va Kamola Risqiyeva o‘z hisobiga bittadan gol yozdirib qo‘ydi.

12 mart kuni O‘zbekiston ayollar termasi BAAga qarshi navbatdagi o‘rtoqlik uchrashuvini o‘tkazadi. Mazkur uchrashuvlar har ikki terma jamoa uchun Osiyo Kubogi–2018 saralash bosqichidagi ishtirokiga tayyorgarlik vazifasini o‘taydi.

O‘zbekiston ayollar terma jamoasi Osiyo Kubogi–2018 saralash bosqichi “B” guruhidan joy olgan bo‘lib, final bosqichiga chiqish uchun Janubiy Koreya, Gonkong, Hindiston va KXDR ayollar termasiga qarshi bahs olib boradi.

BAA saralashning “A” guruhidan o‘rin olgan hamda final bosqichi yo‘lida Iordaniya, Filippin, Bahrayn, Iroq va Tojikiston ayollar terma jamoasiga qarshi kuch sinashadi.

O‘rtoqlik o‘yini Dubay, BAA. 9 mart, payshanba

O‘zbekiston – BAA — 8:1

Gollar: Risqiyeva (33), Karachik (49), Narbekova (50, 56, 60), Sarikova (58, 67, 77)

O‘zbekiston: Laylo Tilovova, Zumrad Nazarova, Xolida Dadaboyeva, Yulduz Nabiyeva, Kamola Risqiyeva, Nozima Kamoltoyeva, Maftuna Shoyimova, Feruza Turdibayeva, Mahliyo Sarikova, Lianna Narbekova, Lyudmila Karachik.

Zaxira: Maftuna Jonimkulova, Mavluda Munavvarova, Dildora Nozimova, Maxfuza Turopova, Nilufar Qudratova, Umida Zoirova, Iroda Turdaliyeva.

Manba: the-uff.com
Kiritildi: 08:43, 10.03.2017.
O'qildi: 7629 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик