Kirish Ro'yxatdan o'tish
10/07 05:00 Argentina - Kanada

"Qizilqum" - "Navbahor": PREVYU

"Qizilqum" - "Navbahor": PREVYU

Baho:
+ | -

Bugun "Navbahor" O‘zbekiston chempionati 2- tur bellashuvlari doirasida safarda "Qizilqum"ga qarshi maydonga tushadi.

Navoiyliklar bilan Oliy liga tarixida "lochinlar" shu paytgacha 34 marotaba o‘zaro kuch sinashgan. Shundan 12 o‘yin namanganliklarning g‘alabasi bilan yakun topgan bo‘lsa, 11 bor "Qizilqum" 3 ochkoni qo‘lga kiritgan. Qolgan 11 uchrashuv durang bilan yakun topgan. To‘plar nisbati bo‘yicha ham ustunlik "Navbahor" tomonida - 43:37.

Statistik ma’lumotlarga nazar tashlaydigan bo‘lsak, hozirgacha "Navbahor" "Qizilqum"ga safarda 2 tadan ortiq gol urmaganiga guvoh bo‘lamiz. 2000, 2003, 2004 va 2015 yillarda namanganliklar zarafshonliklar darvozabonini 2 marotaba ranjitishgan. 2006 yilda navoiyliklar 3:0 hisobida zafar qozongan. Bu jamoaning "Navbahor" ustidan o‘z tarixida qo‘lga kiritgan yagona va so‘nggi yirik g‘alabasi bo‘lib turibdi.  

2002 yilda "Navbahor" Namanganda "Qizilqum"ni 4:0 hisobida taslim etgan. 4 to‘p farqi bilan mazkur klubni "lochinlar" bir marotaba mag‘lub etishgan. "Navbahor" 2014 yildan buyon Navoiydan ochkosiz qaytmoqda. Oxirgi bor mazkur raqib maydonida "navbahorchilar" 2013- yilda g‘alaba qozonishgan.

Tomonlarning 2016 yil Navoiy shahridagi o‘zaro to‘qnashuvida "Qizilqum" 1:0 hisobida muvaffaqiyat qozongan. Navoiyliklar uchrashuv so‘nggida qo‘shib berilgan daqiqalarda darvozamizga belgilangan penalti evaziga g‘alabani qo‘lga kiritishgan. 11 metrli jarima zarbasini Ilhom Yunusov golga aylantirgandi.

Navoiydagi o‘zaro uchrashuvlar:
2000 yil
“Qizilqum” — “Navbahor” — 0:2
2001 yil
“Qizilqum” — “Navbahor” — 3:1
2002 yil
“Qizilqum” — “Navbahor” — 1:1
2003 yil
“Qizilqum” — “Navbahor” — 0:2
2004 yil
“Qizilqum” — “Navbahor” — 2:2
2005 yil
“Qizilqum” — “Navbahor” — 1:0
2006 yil
“Qizilqum” — “Navbahor” — 3:0
2007 yil
“Qizilqum” — “Navbahor” — 0:1
2008 yil
“Qizilqum” — “Navbahor” — 1:1
2009 yil
“Qizilqum” — “Navbahor” — 1:0
2010 yil
“Qizilqum” — “Navbahor” — 1:0
2011 yil
“Qizilqum” — “Navbahor” — 0:0
2012 yil
“Qizilqum” — “Navbahor” — 1:1
2013 yil
“Qizilqum” — “Navbahor” — 0:1
2014 yil
“Qizilqum” — “Navbahor” — 3:1
2015 yil
“Qizilqum” — “Navbahor” — 3:2
2016 yil
“Qizilqum” — “Navbahor” — 2:0

Manba: pfcnavbahor.uz
Kiritildi: 10:41, 10.03.2017.
O'qildi: 4713 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.