Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/12 17:30 Manchester Siti 1-1 Everton
26/12 20:00 Bornmut 0-0 Kristal Pelas
26/12 20:00 Chelsi 1-2 Fulhem
26/12 20:00 Nyukasl 3-0 Aston Villa
26/12 20:00 Nottingem Forest 1-0 Tottenhem
26/12 20:00 Sautgempton 0-1 Vest Xem
26/12 22:30 Vulverhempton 2-0 Man. Yunayted
27/12 01:00 Liverpul - Lester
28/12 00:30 Brayton - Brentford
28/12 01:15 Arsenal - Ipsvich
28/12 19:00 Empoli - Jenoa
28/12 19:00 Parma - Monsa
28/12 22:00 Kalyari - Inter

Ari: «Muhimi «Loko»ga manfaat keltirish»

Ari: «Muhimi «Loko»ga manfaat keltirish»

Baho:
+ | -

«Krasnodar»dagi o‘yinlari orqali nom qozongan braziliyalik hujumchi Ari joriy mavsumni «Lokomotiv» safida yakunlaydigan bo‘ldi. U «temiryo‘lchilar» tarkibidagi debyutini Rossiya kubogi doirasida «Tosno»ga qarshi kechgan o‘yinda nishonladi. «SE» nashri muxbirlari shu uchrashuvdan so‘ng Arini suhbatga chorlab, uning yangi jamoadagi ilk taassurotlari va «Krasnodar»dan ketishi sabablariga qiziqishdi.

- «Loko»dagi debyutingizni qanday baholaysiz? U omadli chiqdimi?

- Ochig‘i, ancha xotirjam to‘p surishni o‘ylagandim. Ammo ehtiroslarni jilovlay olmadim. Umuman, Moskvaga qaytganimdan xursandman, ilk uchrashuvdayoq «Loko»dagi gollarim hisobini ochishni rejalashtirgandim. Garchi bu niyatim amalga oshmagan bo‘lsada, mamnunman, baribir. Zero, jamoamiz g‘alabaga erishdi.

- «Temiryo‘lchilar» safidagi vatandoshlaringiz sizni qanday qarshi olishdi?

- Juda yaxshi! Nafaqat ular, balki boshqa futbolchilar ham iliq kutib olishdi.

- Klubga talab darajasida moslashishingiz uchun qanchadir muhlat kerakdir...

- Menimcha, yo‘q. Harqalay, jamoada o‘zimni xuddi uydagidek his qilyapman.

- Mavsum yakuniga qadar mo‘ljallangan maqsadlaringiz qanday? Masalan, 5-6ta gol urish...

- Yo‘q, muhimi - jamoaga manfaat keltirish. Shaxsiy natijalar - ikkinchi darajali masala.

- Ahamiyatli tomoni, «Loko»ga o‘tishingiz o‘ta qisqa vaqt ichida hal etildi.

- Aslida «Krasnodar» bilan bog‘liq voqealar xususida so‘z ochishni istamasdim. Chunki o‘tgan ish tufayli kuyinishdan naf yo‘q. Ha, u yerda ayrim ko‘ngilsizliklarga duch kelganim rost. Xayriyatki, hammasi ortda qoldi, ya’ni jamoa bilan xayrlashdim. Hozirgi ijara kelishuvi menga foyda keltiradi, menimcha. To‘g‘rirog‘i, foyda keltira boshladi. Axir «Krasnodar» kubok turniridan chiqib ketdi, biz esa yarim finaldamiz!

- Shartnomaga imzo chekishdan avval klub prezidenti yoki sport direktori bilan alohida gaplashdingizmi?

- Yo‘q, hammasi juda tez ro‘y berdi. Avvaliga «Krasnodar» meni «Galatasaroy»ga yuborishni o‘ylagandi. Ammo bu taklifni qabul qilmadim. Keyin Xitoydan manfaatli takliflar tushdi. Biroq klub rahbarlari meni qo‘yib yubormasliklarini aytishdi. Transferlar bozorining oxirgi kuni esa faqat «Lokomotiv»ga o‘tishim mumkinligini ma’lum qilishdi.

- «Instagram» orqali «Loko» prezidentiga minnatdorchilik izhor etganingiz boisi nima?

- Gap shundaki, «Lokomotiv» avvalroq ham men bilan bog‘lanishga urinib ko‘rgan, ya’ni jiddiy qiziqqandi. Qolaversa, shartnoma tuzish uchun vaqt juda oz edi - transferlar bozori yopilishiga sanoqli soatlar qolgandi. Shunday ekan, masalani tezkor ravishda hal qilishgani va menga yaxshi munosabatda bo‘lishgani uchun klub rahbarlariga yana bir marta rahmat. Endi bunga ishonchli o‘yinlarim bilan javob qaytarishim shart.

- Mana, «Loko»ning afsonaviy murabbiyi rahbarligida ishlayapsiz. U qanday taassurot uyg‘otdi?

- Syominning tabiatan vazmin, adolatli va topshiriqni aniq tushuntiradigan mutaxassis ekanligi shundoq sezilib turibdi. Jamoadagi nufuzi ham juda baland. Uning «Loko»da qanday natijalarga erishgani bilan qisman tanishib chiqdim. Albatta, Syominning barcha ko‘rsatmalarini ko‘ngildagidek bajarishga harakat qilaman.

- Muxlislarni 1 oy yorqin o‘ynaganingizdan so‘ng birdaniga sustlashib qolish odatingiz xavotirga solyapti. Ularga qanday javob berasiz?

- «Loko»ga ijara kelishuvi asosida keldim. Ixtiyorimda 3 oy bor va bu imkoniyatdan to‘laqonli foydanishim kerak. Muxlislar o‘yinimga qarab, xulosa chiqaraversinlar. Umid qilamanki, ular tez orada xavotirlari o‘rinsiz ekanligiga amin bo‘ladilar.

- Endi «Krasnodar» haqida. Aytishlaricha, jamoa murabbiyiga mashg‘ulotlardagi harakatlaringiz yoqmay qolgan ekan.

- To‘g‘risi, krasnodarliklar meni sotmoqchi edilar va tezroq ketishim uchun bosim o‘tkazdilar. «Loko» varianti yuzaga kelishidan oldin Xitoyga yo‘l olishni o‘ylagandim. Shukrki, yakunda Rossiyada qoldim. Bundan mamnunman, «Loko»ning asosiy tarkibidan joy olish uchun bor mahoratimni ishga solaman.

- Demak, «Krasnodar»ning sizga nisbatan noroziliklari mashg‘ulotlarga bog‘liq emas, shundaymi?

- Ha, bunday gap-so‘zlarning barchasi yolg‘on. Dalil sifatida testlarda qayd etgan natijalarimni ko‘rsatishim mumkin, turli jihatlar bo‘yicha yetakchilar qatoridaman. Xullas, meni sotishni rejalashtirishgani uchun shunday gap-so‘zlar urchidi, deb o‘ylayman.

Manba: interfutbol.uz
Kiritildi: 11:03, 10.03.2017.
O'qildi: 5498 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.