Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/05 23:45 Fiorentina - Atalanta
23/05 21:00 Bolonya - Inter
23/05 23:45 Lasio - Piza
24/05 00:00 Betis - Levante
24/05 00:00 Jirona - Elche
24/05 00:00 Xetafe - Osasuna
24/05 00:00 Malyorka - Real Ovyedo
24/05 00:00 Real Madrid - Atletik Bilbao
24/05 00:00 Valensiya - Barselona
24/05 00:00 Alaves - Rayo Valyekano
24/05 00:00 Selta - Sevilya
24/05 00:00 Espanyol - Real Sosyedad

Alirizo Mansurian: «Lokomotiv»ning o‘yini menga yaxshi ma’lum»

Alirizo Mansurian: «Lokomotiv»ning o‘yini menga yaxshi ma’lum»

Baho:
+ | -

Osiyo chempionlar ligasining 3-turi doirasida bo‘lib o‘tadigan "Istiqlol" (Tehron) - "Lokomotiv" o‘yini oldidan matbuot anjumani tashkil etildi. Unda dastlab mezbonlar ishtirok etishdi. Avvaliga "Istiqlol" bosh murabbiyi Alirizo Mansurian hamda jamoa sardori Mahdi Rahmatiy jurnalistlarning savollariga javob qaytarishdi.

O‘yindan oldingi matbuot anjumanida Alirizo Mansurian quyidagi fikrlarni bildirdi:

"Biz "Lokomotiv"ni yaxshi bilamiz, ularning o‘yin uslubi bizga ma’lum. "Lokomotiv"ning "At-Ta’vun"ga qarshi uchrashuvini ko‘rdik, shuningdek, "Al-Ahli" bilan kechgan bahsini ham o‘rganib chiqdik. Jamoa yaxshi shakllangan, muhimi, raqib o‘yinida tartib-intizom bor".

Alirizo Mansurian: "To‘g‘ri, klubimizda moliyaviy muammolar bor, lekin hozir bu haqda o‘ylash kerak emas. E’tiborni ertangi o‘yinga qaratishimiz lozim. Men faqat futbol haqidagi savollarga javob qaytaraman, pul bilan bog‘liq masalalarga emas. Agar ertaga g‘alaba qozonsak, Navro‘z bayrami oldidan muxlislarimizga ajoyib sovg‘a tuhfa etgan bo‘lamiz".

Alirizo Mansurian: "Biz ham "Lokomotiv" singari bir o‘yinda g‘alaba qozonib, bir bor mag‘lub bo‘ldik. Endi bo‘lsa o‘zaro kuch sinashib ko‘ramiz va bu o‘yin juda qiziqarli kechishi kutilmoqda. Maqsadimiz — guruhda birinchi o‘rinni egallab keyingi bosqichga chiqish. Ammo bu oson bo‘lmaydi, chunki kuchli raqiblarga qarshi bahs olib boramiz".

Alirizo Mansurian: "Albatta, ertangi o‘yin final emas, lekin e’tiborga molik bo‘lishi turgan gap. Guruhdan kimlarning chiqishi menimcha, to‘rtinchi turdan so‘ng oydinlashadi. Ungacha esa bir narsa deyish qiyin. Menga qolsa, guruhdan "Istiqlol" va "Lokomotiv" chiqishini xohlayman".

"Istiqlol" klubi sardori, darvozabon Mahdi Rahmatiyning fikrlari esa quyidagicha bo‘ldi:

"Jamoamiz bu mavsum birmuncha o‘zgardi, tarkibda yoshlar ko‘p, ichki chempionatda uchinchi o‘rinda ketyapmiz. Lekin hali hammasi o‘z joyiga tushadi. Ertaga bo‘lib o‘tadigan uchrashuvda g‘alaba qozonishga harakat qilamiz".

Manba: lokomotiv.uz
Kiritildi: 01:38, 13.03.2017.
O'qildi: 9601 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик