Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/04 00:00 Bornmut - Lids
23/04 00:00 Byornli - Manchester Siti
23/04 00:30 Barselona - Selta
23/04 19:00 Navbahor 1-1 So‘g‘diyona
23/04 19:00 Nasaf 2-3 Lokomotiv
23/04 20:15 Dinamo 2-2 OKMK
23/04 22:00 Levante - Sevilya
23/04 23:00 Rayo Valyekano - Espanyol
24/04 00:30 Real Ovyedo - Vilyarreal
24/04 19:00 Xorazm - Neftchi
24/04 19:00 Qizilqum - Qo‘qon-1912
24/04 20:15 Bunyodkor - Andijon
24/04 23:45 Napoli - Cremonese
25/04 00:00 Sanderlend - Nottingem Forest
25/04 00:00 Betis - Real Madrid
25/04 16:30 Fulhem - Aston Villa
25/04 17:00 Alaves - Malyorka
25/04 18:00 Parma - Piza
25/04 19:00 Liverpul - Kristal Pelas
25/04 19:00 Vest Xem - Everton
25/04 19:00 Vulverhempton - Tottenhem
25/04 19:15 Xetafe - Barselona
25/04 21:00 Bolonya - Roma
25/04 21:30 Arsenal - Nyukasl
25/04 21:30 Valensiya - Jirona
25/04 23:45 Verona - Lechche
26/04 00:00 Atletiko - Atletik Bilbao

Andrey Miklyayev: «Guruhdan chiqish uchun safarda ham ochko olish kerak»

Andrey Miklyayev: «Guruhdan chiqish uchun safarda ham ochko olish kerak»

Baho:
+ | -

Osiyo chempionlar ligasining 3-turi doirasida bo‘lib o‘tadigan "Istiqlol" (Tehron) - "Lokomotiv" o‘yini oldidan matbuot anjumani tashkil etildi. Uning ikkinchi qismida "Lokomotiv" bosh murabbiyi Andrey Miklyayev va jamoa himoyachisi Bobur Yo‘ldoshev ishtirok etishdi. Andrey Miklyayev savollarga javob qaytarar ekan, quyidagi fikrlarni bildirdi:

"Ertaga har ikkala jamoani qiziq o‘yin kutib turibdi deb o‘ylayman. Hozir guruhdagi vaziyat shundayki, barcha to‘rttala jamoada ham uch ochkodan bor, bu esa kurashni yanada qizdiradi. Guruhdan chiqish uchun nafaqat uyda, balki safarda ham ochko olish kerak bo‘ladi. Shu bois ertangi o‘yindan ochko bilan qaytishga harakat qilamiz".

Andrey Miklyayev: "Biz Eronda birinchi bor to‘p surayotganimiz yo‘q. O‘tgan yil bu yerda "Sepohon", undan oldin esa "Fulad"ga qarshi bahs olib borganmiz. Eronliklar futbolni juda yaxshi ko‘rishadi, ularda kuchli futbolchilar ko‘p. O‘z navbatida biz ham ulardan qolishmaymiz va buni ertaga isbotlashga harakat qilamiz".

Andrey Miklyayev: "Istiqlol"ning OCHLdagi o‘yinlarini ko‘rdik, raqib haqida yaxshi tasavvurga egamiz. Futbolchilari jismoniy jihatdan baquvvat va taktik tomonlama ham yaxshi shakllangan.

Bobur Yo‘ldoshev: "Uchrashuv qiyin bo‘lishini his qilib turibmiz. Qolaversa, "Ozodiy" stadioniga ko‘plab muxlislar kelishi kutilyapti. shunga qaramay, o‘z o‘yinimizni namoyish etgan holda g‘alaba qozonishga harakat qilamiz".

MASHG‘ULOT
"Lokomotiv" "Ozodiy" o‘yingohida 19:00dan 20:00ga qadar mashg‘ulot olib bordi. Ertaga ushbu stadionga ko‘p muxlis kelishi kutilyapti. Bizga ma’lum bo‘lishicha, darvozalar ortidagi sektorlarga kirish bepul, markaziy sektorlar uchun esa 5 dollardan chipta sotilmoqda. (Albatta, Eron pulini AQSH dollariga o‘girganda). "Temiryo‘lchilar"ni ertangi bahsga qancha tomoshabin kelishi o‘ylantirayotgani yo‘q, chunki barchaning maqsadi Tehrondan g‘alaba qozonib qaytib ketishga qaratilgan. Jamoada hammasi joyida va yigitlar bo‘lajak o‘yinga tayyorlar. Shu o‘rinda "Istiqlol" bilan kechadigan uchrashuvda "Lokomotiv"ga omad yor bo‘lishini tilab qolamiz.

Manba: lokomotiv.uz
Kiritildi: 01:47, 13.03.2017.
O'qildi: 9806 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик