Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/01 00:45 Komo 1-3 Milan
16/01 16:30 Yaponiya 1-1 Iordaniya
16/01 20:30 Vyetnam 3-2 BAA
17/01 00:45 Piza - Atalanta
17/01 01:00 Espanyol - Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston - Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted - Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid - Levante
17/01 19:00 Udineze - Inter
17/01 20:00 Chelsi - Brentford
17/01 20:00 Lids - Fulhem
17/01 20:00 Liverpul - Byornli
17/01 20:00 Sanderlend - Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem - Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka - Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya - Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli - Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna - Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest - Arsenal
18/01 00:45 Kalyari - Yuventus
18/01 01:00 Betis - Vilyarreal
18/01 16:30 Parma - Jenoa
18/01 18:00 Xetafe - Valensiya
18/01 19:00 Bolonya - Fiorentina
18/01 19:00 Vulverhempton - Nyukasl
18/01 20:15 Atletiko - Alaves
18/01 21:30 Aston Villa - Everton
18/01 22:00 Torino - Roma
18/01 22:30 Selta - Rayo Valyekano

Odil Ahmedov: Eron va Janubiy Koreyaga qarshi o‘yinlar biz uchun hal qiluvchi ahamiyatga ega

Odil Ahmedov: Eron va Janubiy Koreyaga qarshi o‘yinlar biz uchun hal qiluvchi ahamiyatga ega

Baho:
+ | -

O‘zbekiston milliy terma jamoasi JCH–2018 turniriga saralash bosqichi ikkinchi davrasini 23 mart kuni Suriyaga qarshi o‘yin bilan boshlaydi. 5 kundan keyin, ya’ni, 28 mart kuni terma jamoa Toshkentda Qatar bilan kuch sinashadi.

Mazkur bellashuvlar oldidan O‘zbekiston milliy terma jamoasi sardori, Xitoyning “Shanxay SIPG” klubi yarim himoyachisi Odil Ahmedov FIFA rasmiy saytiga eksklyuziv intervyu berdi.  

“Rossiyada bo‘lib o‘tadigan JCH–2018 turniriga yo‘l olishimiz mumkin. Jahon chempionatiga yo‘l olish uchun bor kuchimizni ishga solamiz. Saralash bosqichining birinchi davrasida barcha raqiblar bilan o‘ynadik, ikkinchi davrada esa o‘yinimizni kuchaytirib, g‘alabalarga erishishga harakat qilamiz”, – dedi 29 yoshli futbolchi.

Besh yil davomida Rossiya chempionatida to‘p surgan Odil Ahmedov JCH–2018 turniriga yo‘llanma olish orqadi Rossiyaga qaytishni juda istayotganini aytdi.

“JCH–2018 turniriga yo‘l olib, Rossiyaga qaytishni juda istardim. Ammo bu safar mamlakat termasi bilan borishni xohlar edim. Bu shunchaki ajoyib bo‘lardi”, – deya o‘z fikrini bildirdi O‘zbekiston terma jamoasi sardori.

Odil Ahmedov terma jamoaning bo‘lajak raqiblari haqida o‘z fikrini bildirar ekak, Eron hamda Janubiy Koreya terma jamoalari Osiyoda eng kuchlilar qatorida ekanini ta’kidladi.

“Eron va Janubiy Koreya Osiyoning eng kuchli terma jamoalaridan sanaladi. Saralash bosqichining birinchi davrasida ularni mag‘lubiyatga uchratish imkoniyati bor edi, ammo buning uddasidan chiqa olmadik. Bu safar ishonch bilan o‘ynaymiz va g‘alaba qozonish uchun kurashamiz. Eron va Janubiy Koreya bilan o‘yinlar biz uchun hal qiluvchi ahamiyatga ega bo‘ladi. Ularni mag‘lub eta olsak, Rossiyaga yo‘l olish imkoniyati oshadi”, – deydi Ahmedov.  

2011–2014 yillarda Maxachqal’aning “Anji” klubi sharafini himoya qilgan Odil Ahmedov Braziliya futboli afsonasi Roberto Karlos hamda Kamerun futboli namoyandasi Samuel Eto’O bilan birga to‘p surishga muyassar bo‘lgan.  O‘zbekiston terma jamoasi sardori ulardan ilhom olib, yanada professional hamda maydonda va uning tashqarisida o‘ziga nisbatan  qattiqqul bo‘lishni o‘rganganini ma’lum qildi.

“Anji”dagi faoliyait davomida Roberto Karlos va Samuel Eto’O bilan birga to‘p surdim. Ular ajoyib futbolchilar. Ulardan ilhom olib, yanada professional bo‘lishni, maydonda va uning tashqarisida o‘zimga nisbatan qattiqqul bo‘lishni o‘rgandim. Rossiya chempionatidagi faoliyatim mobaynida katta tajriba to‘pladim. U yerda top-futbolchilar bo‘lgani uchun raqobat ham kuchli edi. O‘z mahoratimni oshirishdan tashqari, ruham kuchli futbolchiga aylandim”, – dedi Odil Ahmedov.

Ma’lumot uchun, O‘zbekiston terma jamoasi JCH–2018 saralash bosqichi “A” guruhi 5-turidan keyin 9 ochko bilan uchinchi o‘rinda bormoqda. Eron 11 ochko bilan birinchi, Janubiy Koreya 10 ochko bilan ikkinchi pog‘onani egallagan. Guruhda 4–6 o‘rinlarni mos ravishda Suriya (5 ochko), Qatar (4 ochko) va Xitoy (1 ochko) terma jamoalari egallab turibdi. 

Manba: the-uff.com
Kiritildi: 11:55, 14.03.2017.
O'qildi: 18675 marta.
Fikrlar: 9 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.