«PSJ» klubining Chempionlar ligasidan tushib ketishi oqibatida bir qator futbolchilar jamoani tark etishi mumkin.
Telefoot xabariga ko‘ra, yarimhimoyachi Anxel Di Mariyaning boshqa jamoaga o‘tib ketish ehtimoli 80%ga teng. U bilan Xitoyning «Tyanszin Syuanszyan» klubi qiziqmoqda.
Bundan tashqari, Blez Matyuidi ham jamoadan ketish haqida o‘ylamoqda. O‘tgan yili uni «Yuventus» xarid qilmoqchi bo‘lgan edi.