Kirish Ro'yxatdan o'tish
01/05 23:45 Piza - Lechche
02/05 00:00 Lids - Byornli
02/05 00:00 Jirona - Malyorka
02/05 17:00 Vilyarreal - Levante
02/05 18:00 Udineze - Torino
02/05 19:00 Vulverhempton - Sanderlend
02/05 19:00 Brentford - Vest Xem
02/05 19:00 Nyukasl - Brayton
02/05 19:15 Valensiya - Atletiko
02/05 21:00 Komo - Napoli
02/05 21:30 Arsenal - Fulhem
02/05 21:30 Alaves - Atletik Bilbao
02/05 23:45 Atalanta - Jenoa
03/05 00:00 Osasuna - Barselona

Maykl Essyen Indoneziya klubiga o‘tdi

Maykl Essyen Indoneziya klubiga o‘tdi

Baho:
+ | -

Londonning «Chelsi» klubidagi faoliyati bilan yaxshi tanish bo‘lgan ganalik yarim himoyachi Maykl Essyen o‘z faoliyatini Indoneziya chempionatining yuqori ligasi – Liga 1 vakili «Persib Bandung» jamoasida davom ettiradi. Bu haqda «Bola.com» xabar bermoqda.

Graphic Online nashrining qayd etishicha, 34 yoshli futbolchi 2017/18 yilgi mavsum yakuniga qadar Indoneziya klubida to‘p suradi.

Uning yillik maoshi 800 ming yevroni tashkil qilishi va u Indoneziyada eng serdaromad futbolchiga aylanishi ta’kidlanmoqda. Ganalik tajribali futbolchi yangi klubida 5-raqam ostida harakat qiladi.

2014 yilgi Indoneziya chempioni «Persib Bandung» o‘tgan mavsumni 5-o‘rinda yakunlagan edi.

Mavzuga doir: Xitoy futbol klublari yaxshi futbolchini tekinga ham olishni biladi: «Chelsi»dagi Obi Mikel «Tyanszin Teda»ga o‘tdi.

Ma’lumot uchun, Maykl Essyen professional faoliyati davomida Fransiyaning «Bastiya» (2000–2003) va «Lion» (2003–2005) klublarida, «Chelsi» (2005–2014), «Real Madrid» (2012–2013, ijara), «Milan» (2014–2015) va «Panatinaikos» (2015–2016) jamoalarida to‘p surgan.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 20:44, 14.03.2017.
O'qildi: 6087 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик