"Barselona" hujumchisi Neymar PSJga qarshi bo‘lib o‘tgan o‘yindan (6:1) keyin raqib jamoa safidagi braziliyalik futbolchilarga SMS yubordi.
UOL Sport tarqatgan xabarga ko‘ra, Neymar Braziliya terma jamoasi safidagi jamoadoshlari — Markinyos, Tyagu Silva va Lukas Mouro bilan bog‘lanib, yirik hisobdagi mag‘lubiyat va musobaqani tark etgani uchun vatandoshlarini ko‘nglini ko‘tarishga harakat qilgan.
Bundan tashqari, Neymar ishlatgan qo‘polligi uchun Markinyosdan uzr so‘ragan.