Kirish Ro'yxatdan o'tish
08/05 23:45 Torino 2-1 Sassuolo
09/05 00:00 Levante 3-2 Osasuna
09/05 16:30 Liverpul - Chelsi
09/05 17:00 Elche - Alaves
09/05 18:00 Kalyari - Udineze
09/05 19:00 Fulhem - Bornmut
09/05 19:00 Brayton - Vulverhempton
09/05 19:00 Sanderlend - Man. Yunayted
09/05 19:15 Sevilya - Espanyol
09/05 21:00 Lasio - Inter
09/05 21:30 Manchester Siti - Brentford
09/05 21:30 Atletiko - Selta
09/05 23:45 Lechche - Yuventus
10/05 00:00 Real Sosyedad - Betis
10/05 15:30 Verona - Komo
10/05 17:00 Malyorka - Vilyarreal
10/05 18:00 Byornli - Aston Villa
10/05 18:00 Nottingem Forest - Nyukasl
10/05 18:00 Kristal Pelas - Everton
10/05 18:00 Cremonese - Piza
10/05 18:00 Fiorentina - Jenoa
10/05 19:15 Atletik Bilbao - Valensiya
10/05 20:30 Vest Xem - Arsenal
10/05 21:00 Parma - Roma
10/05 21:30 Real Ovyedo - Xetafe
10/05 23:45 Milan - Atalanta
11/05 00:00 Barselona - Real Madrid

YECHL. «Lester» «Sevilya»ni musobaqadan chiqarib yubordi

YECHL. «Lester» «Sevilya»ni musobaqadan chiqarib yubordi

Baho:
+ | -1

O‘z tarixida ilk marta Yevropa chempionlar ligasida ishtirok etayotgan Angliyaning "Lester" klubi chorak finalga chiqishga muvaffaq bo‘ldi. "Tulkilar" nimchorak finalda "Sevilya"ni musobaqadan chiqarib yuborishdi.

Birinchi bo‘limda inglizlar "standart" orqali hisobni ochdi: Morgan to‘pni darvozaga burib qo‘ydi. Bu hisob "Lester"ni to‘la qanoatlantirardi. Shu bois, ular zich himoyani yuzaga keltirishdi.

Ikkinchi bo‘lim boshida Shekspir shogirdlari kam sonli hujumlardan birini golga aylantirishdi. Qanotdan yetkazilgan uzatmani himoyachi bosh bilan qaytardi. To‘pni egallagan Olbrayton jarima maydonchasi chizig‘i ustidan darvozani ishg‘ol qildi.

O‘yinning qolgan daqiqalarida "Sevilya" to‘pni nazorat qilish bo‘yicha katta ustunlikka ega bo‘ldi, ammo raqib mudofaasini yorib o‘tishga qiynaldi. Boz ustiga bahsning 74-daqiqasida Vardi "tulki"lik qildi va Nasrinig maydondan chetlatilishiga erishdi. Jeymi "provakasiya" uyushtirdi va Samir uning peshonasiga boshini qo‘ygan zahoti o‘zini jabrlanuvchi qilib ko‘rsatdi. Hakam har ikkala futbolchiga sariq kartochka berdi. Bu Nasri uchun ikkinchisi edi.

Shunga qaramay, oradan ko‘p o‘tmasdan, andalusiyaliklar penalti ishlashga muvaffaq bo‘lishdi. Nzonzining zarbasini Kasper Shmeyxel mahorat bilan qaytardi. Yodingizda bo‘lsa, Sevilyada bo‘lib o‘tgan dastlabki o‘yinda ham ushbu posbon penaltini bartaraf etgandi.

Qolgan daqiqalarda "Lester" yaxshi himoyalanishda davom etdi. Hattoki qarshi hujumda gol urish uchun 2ta imkoniyatga ega bo‘ldi, ammo ulardan foydalana olmadi.

Shu tariqa, debyutant "Lester" yevrokuboklarda ishtirok bo‘yicha katta tajribaga ega bo‘lgan "Sevilya"ni YECHLdan chiqarib yubordi.

YECHL, nimchorak final, javob o‘yini, 00:45
"LESTER" - "SEVILYA" 2:0 (1:0)
Gollar: 1:0 – 27 Morgan, 2:0 – 54 Olbrayton.
Noaniq penalti: Nzonzi (80, darvozabon)
Lester – Shmeyxel, Morgan, Fuks, Simpson, Xut, Drinkuoter, Ndidi, Olbrayton, Marez (Amarti, 90), Okadzaki (Slimani, 64), Vardi.
Sevilya – Riko, Parexa, Rami, Eskudero, Merkado (Mariano, 46), Nzonzi, Sarabiya (Yovetich, 46), Nasri, Iborra, Vitolo, Ben-Yedder (Korrea, 68).
Ogohlantirishlar: Nasri (18), Vitolo (59), Vardi (74), Shmeyxel (79), Ndidi (84), Mahrez (89).
Chetlatish: Nasri (74).
Birinchi o‘yin: 2:0

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 02:40, 15.03.2017.
O'qildi: 34203 marta.
Fikrlar: 13 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик