Kirish Ro'yxatdan o'tish
06/03 01:00 Tottenhem 1-3 Kristal Pelas
06/03 19:00 Bunyodkor 1-2 Dinamo
06/03 19:15 So‘g‘diyona 0-2 Nasaf
06/03 19:30 Xorazm 1-0 OKMK
07/03 00:45 Napoli 2-1 Torino
07/03 01:00 Selta 1-2 Real Madrid
07/03 18:00 Osasuna 2-2 Malyorka
07/03 19:00 Kalyari 1-2 Komo
07/03 20:15 Levante 1-1 Jirona
07/03 22:00 Atalanta - Udineze
07/03 22:30 Atletiko - Real Sosyedad
08/03 00:45 Yuventus - Piza
08/03 01:00 Atletik Bilbao - Barselona
08/03 16:30 Lechche - Cremonese
08/03 18:00 Vilyarreal - Elche
08/03 19:00 Bolonya - Verona
08/03 19:00 Fiorentina - Parma
08/03 20:15 Xetafe - Betis
08/03 22:00 Jenoa - Roma
08/03 22:30 Sevilya - Rayo Valyekano

"Surxon" klubining yangi emblemasi hatto muallifini ham uyaltirdi (foto)

"Surxon" klubining yangi emblemasi hatto muallifini ham uyaltirdi (foto)

Baho:
+ | -

1968 yilda paydo bo‘lgani aytilgan «Surxon» futbol klubi o‘zining yangi logotipini taqdim etdi. Bir oy ilgari bu borada tanlov e’lon qilingan bo‘lib, klub rahbariyati chizilgan ishlar orasidan o‘zi uchun eng ma’qulini tanlab oldi.

Yangi logotip Toshkent kimyo texnologiya institutining II bosqich talabasi Azamat Umarov tomonidan ishlangan. «Surxon» futbol klubi shundoq ham ko‘rinib turgan manzara haqida uzun hikoya qilgan. Aytilishicha, qadimiy va hamisha navqiron shaharning bosh tarixiy obidasi — Imom Al-Hakim At-Termiziy logotipda aks etgan.

Logotip muallifi o‘zining Twitter sahifasida qolgan ishlarini ham taqdim etib, uning tagiga «Surxonga taklif qilgan logolarim. Eng tuftasini o‘zlari tanlashdi-ya», deb izoh qoldirgan. «Surxon» futbol klubi rahbariyati nima sababdan eng tufta logotipni afzal bilgani ochiqlanmagan.

Keyinroq Azamat Umarov «Men buni boshqacharoq chizgandim. Lekin o‘zboshimchalik bilan o‘zgartirishgan. Yana uyalmay, Azamat Umarov deb yozib qo‘yishdi», deya tushuntirish bergan. Chizilgan logotip uchun sovrin berildimi degan savolga esa «Bilmasam… Shu ismimni yozishmasa shuni o‘zi sovrin edi…», deya javob bergan.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 17:54, 15.03.2017.
O'qildi: 25570 marta.
Fikrlar: 15 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.