Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/04 00:00 Atletiko 1-2 Barselona
05/04 17:00 Xetafe 2-0 Atletik Bilbao
05/04 18:00 Cremonese 1-2 Bolonya
05/04 19:15 Valensiya 2-3 Selta
05/04 21:00 Piza 0-1 Torino
05/04 21:30 Real Ovyedo 1-0 Sevilya
05/04 23:45 Inter 5-2 Roma
06/04 00:00 Alaves 2-2 Osasuna
06/04 15:30 Udineze 0-0 Komo
06/04 18:00 Lechche 0-3 Atalanta
06/04 21:00 Yuventus - Jenoa
06/04 23:45 Napoli - Milan
07/04 00:00 Jirona - Vilyarreal
07/04 17:00 Lokomotiv - Xorazm
07/04 18:00 Mash’al - Bunyodkor
07/04 19:15 Andijon - Navbahor

Bugun «Monako» — «Man Siti» va «Atletiko» — «Bayer». UzReport qaysi o‘yinni namoyish qiladi?

Bugun «Monako» — «Man Siti» va «Atletiko» — «Bayer». UzReport qaysi o‘yinni namoyish qiladi?

Baho:
+ | -

Bugun — 15 mart kuni Yevropa Chempionlar ligasi chorak finaliga yo‘llanma beruvchi so‘nggi ikki chipta o‘ynaladi.

Fransiyada «Monako» klubi «Manchester Siti»ni qabul qilsa, Madridda «Atletiko» hamda «Bayer» klublari o‘zaro hisob-kitob qiladi.

Tomonlarning dastlabki o‘yinlarida «Siti» hamda «Atletiko» klublari zafar quchishning uddasidan chiqa olgandi. Manchester shahrida «Monako» 5:3 hisobida taslim qilingan bo‘lsa, Madrid klubi Leverkuzenda 4:2 hisobida g‘olib chiqqandi.

Shundan kelib chiqilsa, bugun qayd etiladigan 2:0 hisobidagi g‘alaba «Monako» uchun foydali, biroq «Bayer»ga kamlik qiladi. Demak nisbatan olib qaraganda Monakodagi o‘yin o‘z intrigasini saqlab turibdi. UzReport telekanali shundan kelib chiqib 00:45 dan boshlab «Monako» — «Manchester Siti» uchrashuvini namoyish qiladi.

Ma’lumot uchun, bunga qadar chorak finalga «Real Madrid», «Bavariya», «Borussiya Dortmund», «Barselona», «Lester» hamda «Yuventus» klublari yo‘llanma olgandi.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 17:59, 15.03.2017.
O'qildi: 9905 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик