Argentina terma jamoasining sobiq yarim himoyachisi Anxel Di Mariya Lionel Messining milliy jamoadagi faoliyatini yakunlash qaroriga munosabat bildirdi.
Di Mariya Messining bayonotini o‘z ijtimoiy tarmoqlarida ulashib, unga qisqa izoh qoldirdi:
"Rahmat, abadiy sardor".
Ikki futbolchi Argentina terma jamoasi safida birgalikda katta muvaffaqiyatlarga erishgan. Ular 2021 yilda Amerika kubogida, 2022 yilda jahon chempionatida va 2024 yilda yana bir bor Amerika kubogida g‘olib chiqqan.
Di Mariya Argentina terma jamoasidagi faoliyatini ikki yil avval yakunlagan edi.
Messi esa milliy jamoada 2005 yilda debyut qilgan. U Argentina safida 207 ta uchrashuv o‘tkazib, 125 ta gol urgan va 65 ta golli uzatmani amalga oshirgan. Har uchala ko‘rsatkich ham terma jamoa rekordi hisoblanadi.
Lionel Messi klub miqyosida faoliyatini davom ettirmoqda. U hozir MLSda ishtirok etuvchi "Inter Mayami" sharafini himoya qilyapti. Futbolchining klub bilan shartnomasi 2028 yilga qadar amal qiladi.













