«Barselona» vingeri Lovro Chelfi Saudiya Arabistonining «Al-Diriya» klubiga o‘tishga yaqin turibdi. Bu haqda Jijantes nashri xabar berdi.
Manba ma’lumotiga ko‘ra, 19 yoshli xorvatiyalik futbolchi «Al-Diriya» bilan kelishuvga yaqinlashgan va ayni paytda Saudiya klubi uni o‘z safiga qo‘shib olish uchun eng qulay holatda turibdi.
Kutilishicha, Chelfi «Barselona»ni ramziy transfer puli evaziga tark etadi. Biroq kataloniyaliklar o‘z manfaatlarini himoya qilish maqsadida futbolchini kelajakda qayta sotib olish huquqini saqlab qoladi.
Chap oyoqli vinger «Barselona»ga klub akademiyasi va «Barsa Atletik» safida rivojlanish maqsadida kelgan edi. Endi esa u muntazam ravishda kattalar futbolida maydonga tushish uchun faoliyatini Saudiya Arabistonida davom ettirishi kutilmoqda.













