Kirish Ro'yxatdan o'tish
29/08 00:00 Kristal Pelas 1-4 Manchester Siti
29/08 00:30 Alaves 1-0 Vilyarreal
29/08 16:30 Liverpul 2-2 Nottingem Forest
29/08 18:00 Surxon 0-1 Guliston
29/08 19:00 Neftchi 1-0 Paxtakor
29/08 19:00 Bornmut 1-1 Everton
29/08 19:00 Koventri Siti 0-1 Xall Siti
29/08 20:00 Levante 5-2 Betis
29/08 21:30 Tottenhem 0-2 Nyukasl
29/08 21:30 Fiorentina 0-3 Frozinone
29/08 21:30 Monsa 2-3 Udineze
29/08 21:30 Sassuolo 2-1 Torino
29/08 22:00 Real Sosyedad 2-1 Espanyol
29/08 23:45 Yuventus 2-0 Parma
30/08 00:30 Sevilya 1-3 Atletiko
30/08 18:00 So‘g‘diyona - Jayxun
30/08 18:00 Chelsi 4-3 Brayton
30/08 18:00 Lids 1-1 Brentford
30/08 18:00 Sanderlend 1-0 Fulhem
30/08 19:00 Navbahor - Nasaf
30/08 20:00 Real Madrid - Malaga
30/08 20:30 Man. Yunayted - Ipsvich
30/08 21:30 Napoli - Komo
30/08 22:30 Deportivo - Valensiya
30/08 23:45 Kalyari - Inter
30/08 23:45 Lasio - Jenoa
31/08 00:30 Selta - Atletik Bilbao
31/08 21:30 Lechche - Roma
31/08 22:30 Osasuna - Xetafe
31/08 23:45 Atalanta - Bolonya
01/09 00:00 Aston Villa - Arsenal

"Navbahor" - "Neftchi": prevyu

"Navbahor" - "Neftchi": prevyu

Baho:
+ | -

Ertaga "Navbahor" va "Neftchi" Oliy liga 3- tur o‘yinlari doirasida o‘zaro kuch sinashadi.

Barchaga ma’lumki, "Neftchi" bilan kechadigan to‘qnashuvlar har doim murosasiz va keskin kurashlarga boy ruhda o‘tgan. "Vodiy derbisi" maqomidagi navbatdagi bellashuv ham jangovor va qiziqarli ruhda o‘tishi kutilmoqda. Uchrashuv soat 17.00 da boshlanadi.

Eslatib o‘tamiz, uchrashuvni Ravshan Ermatov boshqaradi. Unga qanotlarda Abduhamidullo Rasulov va Jahongir Saidovlar yordam berishadi. Aleksandr Lupashko esa zaxira hakami vazifasini bajaradi. Namangandagi bahsda nazoratchilik vazifasi Andrey Klepikov zimmasiga yuklatilgan. E’tiborlisi, Ravshan Ermatov Oliy liga doirasida "Neftchi" bilan kechgan so‘nggi besh o‘yinning to‘rttasini boshqargan.

«Navbahor» va «Neftchi» jamoalari O‘zbekiston chempionatining Oliy ligasida 50 bor uchrashishgan. 13 ta uchrashuvda "Navbahor" g‘alabani nishonlagan bo‘lsa, 25 o‘yinda farg‘onaliklarning qo‘li baland kelgan. Tomonlar o‘n ikki bor murosa ko‘chasini tanlashgan. To‘plar nisbatidagi ko‘rsatkich 50-75, "Neftchi" foydasiga. O‘zaro o‘yinlar to‘purari sobiq hujumchimiz Shuhrat Mirxoldirshoyev sanaladi. Futbolchi "lochinlar" safidagi faoliyatida "Neftchi" darvozasini jami 7 marotaba aniq nishonga olgan. Uning ortidan hisobida 6 gol bilan farg‘onaliklar yarim himoyachisi Akmal Xolmatov o‘rin olgan. Farg‘onaliklar "Navbahor" maydonida so‘nggi bor 2011- yilda 3 ochko ishlashgan.

Statistik ma’luotlarga nazar tashlaydigan bo‘lsak, "Neftchi"ni jamoamiz o‘z maydonida yirik hisobda xali mag‘lub etishni uddasidan chiqmaganiga guvoh bo‘lamiz. Raqib esa o‘z tarixida 6 bor "navbahorchilar" ustidan 3 to‘p farqi bilan g‘alaba qozongan. "Navbahor" faqatgina 2004- yilda Shuhrat Mirxoldirshoyevning dubli va Patrik Agboning goli evaziga "Neftchi"ni safarda 3:0 hisobida yengishga muvaffaq bo‘lgan. Darvoqe, 2003- yildan buyon "lochinlar" farg‘onaliklar bilan qarama-qarshilikda o‘z maydonida g‘alaba qozonganida bitta gol farqi bilan uchrashuvni yakunlamoqda. Shuningdek klublarning Namangandagi o‘zaro to‘qnashuvida "Navbahor" faqatgina 2000- yilda "Neftchi" darvozasini uch bor ishg‘ol etishni uddalagan xolos.

Jamoalarning o‘tgan mavsum ikkinchi davrasida Namanganda o‘tgan to‘qnashuvida jamoamiz irodali g‘alabaga erishgan. Otabek Isroilovning goliga Islom Isoqjonov va Akram Bahritdinovlar javob qaytarishgandi.

Namanganda o‘tgan o‘zaro o‘yinlardagi natijalar quyidagicha:

1992 yil
"Navbahor" - "Neftchi" - 2:0
Gollar: B.Rahmonov (32), R.Zabirov (55).

1993 yil
"Navbahor" - "Neftchi" - 0:0

1994 yil
"Navbahor" - "Neftchi" - 1:1
Gollar: YE.Eraliyev (54) – N.Quttiboyev (49).

1995 yil
"Navbahor" - "Neftchi" - 0:3
Gollar: S.Atoyan (13,45), S.Zavalnyuk (80).

1996 yil
"Navbahor" - "Neftchi" - 1:0
Gollar: E.Mamotov (7).

1997 yil
"Navbahor" - "Neftchi" - 0:3
Gollar: R.Do‘rmonov (54,83), S.Lebedev (76).

1998 yil
"Navbahor" - "Neftchi" - 2:2
Gollar: L.Koshelev (17), R.G‘ofurov (23) – V.Radkevich (47), U.Isoqov (57).

1999 yil
"Navbahor" - "Neftchi" - 2:1
Gollar: A.Soliyev (50,64) – U.Isoqov (56).

2000 yil
"Navbahor" - "Neftchi" - 3:3
Gollar: SH.Rahmonqulov (18,55), SH.Nazarov (74) - U.Isoqov (45), A.Berdiyev (70), A.Xolmatov (72).

2001 yil
"Navbahor" - "Neftchi" - 2:0
Gollar: S.Jeparov (21), SH.Mirxoldirshoyev (65).

2002 yil
"Navbahor" - "Neftchi" - 2:1
Gollar: SH.Mirxoldirshoyev (18), S.Asqaraliyev (52) – S.Lebedev (65).

2003 yil
"Navbahor" - "Neftchi" - 2:0
Gollar: A.Mochinov (15), O.Usmonxo‘jayev (67)

2004 yil
"Navbahor" - "Neftchi" - 1:1
Gollar: SH.Mirxoldirshoyev (73-pen.) – N.SHoimov (40).

2005 yil
"Navbahor" - "Neftchi" - 1:0
Gol: T.Madrahimov (90).

2006 yil
"Navbahor" - "Neftchi" - 0:2
Gollar: M.Saidov (7), I.Kovalenko (79).

2007 yil
"Navbahor" - "Neftchi" - 0:1
Gol: A.Xolmatov (62-pen.).

2008 yil
"Navbahor" - "Neftchi" - 1:0
Gol: D.Jabborov (79).

2009 yil
"Navbahor" - "Neftchi" - 1:1
Gollar: I.Boydedayev (79) – A.Xoliqov (11).

2010 yil
"Navbahor" - "Neftchi" - 1:1
Gollar: D.SHarofiddinov (2) – A.Alijonov (18-pen.).

2011 yil
"Navbahor" - "Neftchi" - 0:2
Gollar: O.Nurboyev (30), SH.Hakimov (78).

2012 yil
"Navbahor" - "Neftchi" - 1:0
Gollar: G‘.Jo‘rayev (30).

2013 yil
"Navbahor" - "Neftchi" - 1:1
Gollar: Q.Mahammadjonov (48) – M.Saidov (68).

2014 yil
"Navbahor" - "Neftchi" - 1:1
Gollar: SH.Po‘latov (76) – J.Jiyamurodov (86).

2015 yil
"Navbahor" - "Neftchi" - 1:0
Gol: U.Baqoyev (81).

2016 yil
"Navbahor" - "Neftchi" - 2:1
Gol: I. Isoqjonov (46), A. Bahritdinov (74) - O. Isroilov (40).

Manba: pfcnavbahor.uz
Kiritildi: 21:16, 15.03.2017.
O'qildi: 7213 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик