Kirish Ro'yxatdan o'tish
17/09 00:30 Barselona 7-2 Rasing
17/09 15:00 Adelaida Yun. 3-0 Tay Po
17/09 15:00 Lion Siti Seylors 1-1 Pathum Yunayted
17/09 15:00 Matida Zelviya 2-0 Svay Rieng
17/09 17:15 Shanghai Shenhua 2-1 Tampines Rovers
17/09 17:15 Kitchi 0-0 Kangvon
17/09 17:15 Pnompen Kraun 2-1 Kuching Siti
17/09 18:00 Navbahor 3-2 Dinamo
17/09 22:00 Betis 1-0 Xetafe
18/09 00:30 Malaga 1-3 Vilyarreal
18/09 11:30 Filippin 0-2 Vyetnam
18/09 15:00 O‘zbekiston 2-0 Kuvayt
18/09 15:30 Saudiya Arabistoni 2-0 Qatar
18/09 23:45 Monsa - Sassuolo
19/09 00:00 Espanyol - Elche
19/09 00:00 Brentford - Chelsi
19/09 16:30 Tottenhem - Aston Villa
19/09 17:00 Osasuna - Rayo Valyekano
19/09 18:00 Mash’al - Paxtakor
19/09 18:00 Bolonya - Torino
19/09 18:00 Udineze - Kalyari
19/09 19:00 Brayton - Arsenal
19/09 19:00 Everton - Ipsvich
19/09 19:00 Nyukasl - Xall Siti
19/09 19:15 Atletik Bilbao - Alaves
19/09 20:15 Bunyodkor - Buxoro
19/09 21:00 Roma - Inter
19/09 21:30 Selta - Rasing
19/09 21:30 Nottingem Forest - Koventri Siti
19/09 23:45 Venetsiya - Lasio
20/09 00:00 Sevilya - Barselona

Interfutbol.uz blogida: Kuchsiz Oliy liga – kuchsiz terma jamoa

Interfutbol.uz blogida: Kuchsiz Oliy liga – kuchsiz terma jamoa

Baho:
+ | -

Ichki birinchilik kuchaysa, terma jamoa ham kuchayishi haqida ko‘p gapiriladi. Shaxsan o‘zim muxlis sifatida o‘zbek futbolida ro‘y berayotgan hodisalarni faqat «InterFutbol» sahifalarida chop etilayotgan yangiliklardan bilib boraman. Shunday ekan, balki ma’lumotlarim u qadar chuqur emasdir.

Ammo mana shu chuqur bo‘lmagan ma’lumotlar ham o‘ziga xos tasavvurga ega bo‘lish uchun yetarli, deb o‘ylayman. Afsuski, bu tasavvur futbolimiz haqida yaxshi xulosa chiqarish imkonini bermaydi. Agarda O‘zbekiston terma jamoasining kuchayishi mamlakat chempionati kuchayishi bilan bog‘liq bo‘lsa, hech qachon maqsadga yeta olmaymiz, deb qo‘rqaman. Buni ikkita misol bilan asoslasam. Birinchisi, odatdagidek, PFL va oliy liga taqvimidagi o‘zgarishlar haqida bo‘ladi.

Yodingizda bo‘lsa, ikki oy muqaddam «InterFutbol»da PFL direktori Farhod Magometovning intervyusi chop etilgan edi. O‘shanda oliy liga taqvimidagi o‘zgarishlar haqida berilgan savolga Farhod aka shunday javob bergandi:

- Taqvim ko‘pincha O‘zbekiston milliy jamoasi manfaatlaridan kelib chiqib, o‘zgartiriladi. Unutmaslik kerakki, reglamentga muvofiq, uch nafar futbolchisi terma jamoaga chaqirilgan klub o‘z o‘yinini bosh-qa muddatga surdirishga haqli. Terma jamoaning talablari yil davomida oshib borishini ham inobatga olish lozim. Taqvimni qanchalik qulay tuzishga urinmaylik, murabbiylar shtabi yanada yaxshiroq sharoit talab qiladi. Oqibatda o‘yinlar vaqtini o‘zgartirishga to‘g‘ri keladi.

Ko‘rib turganingizdek, aslida mustaqil ish yuritishi lozim bo‘lgan Professional futbol ligasining butun faoliyati O‘zbekiston milliy terma jamoasiga chambarchas bog‘liq bo‘lib qolmoqda.

Hozircha oliy liganing endi ikki tur bahslari ortda qoldi. Uchinchi turdan esa faqat bitta o‘yin o‘tkazildi. Ammo chempionat boshlanganiga ikki hafta bo‘lmasdan taqvimda o‘zgarishlar ro‘y berishga ulgurdi. O‘zbekiston milliy terma jamoasi JCH saralashida ishtirok etishi munosabati bilan «Metallurg» - «Lokomotiv» va «Bunyodkor» - «Nasaf» o‘yinlari noma’lum muddatga qoldirildi. Endi ayting-chi, yil oxiriga qadar bunday o‘zgarishlardan yana qancha bo‘ladi? Bunaqada oliy liga qanday rivojlansin?

Ammo bu ham hali hammasi emas.

Davomi: www.iff.uz

Manba: interfutbol.uz
Kiritildi: 09:41, 18.03.2017.
O'qildi: 13516 marta.
Fikrlar: 4 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик