«Fenerbaxche» bosh murabbiyi Dik Advokaat mavsum oxirida murabbiylik faoliyatini yakunlashi haqida aytdi.
«Mavsum oxirida barchasiga nuqta qo‘yaman. Murabbiylik faoliyatimni yakunlayman, buni vaqti keldi» - dedi Advokaat.
69 yoshli Advokaat 2016 yil avgust oyidan buyon «Fenerbaxche» klubini boshqarmoqda. Ayni paytda jamoa Turkiya chempionatida 4-o‘rinni egallab turibdi.