Kirish Ro'yxatdan o'tish
06/03 01:00 Tottenhem 1-3 Kristal Pelas
06/03 19:00 Bunyodkor 1-2 Dinamo
06/03 19:15 So‘g‘diyona 0-2 Nasaf
06/03 19:30 Xorazm 1-0 OKMK
07/03 00:45 Napoli 2-1 Torino
07/03 01:00 Selta 1-2 Real Madrid
07/03 18:00 Osasuna 2-2 Malyorka
07/03 19:00 Kalyari 1-2 Komo
07/03 20:15 Levante 1-1 Jirona
07/03 22:00 Atalanta - Udineze
07/03 22:30 Atletiko - Real Sosyedad
08/03 00:45 Yuventus - Piza
08/03 01:00 Atletik Bilbao - Barselona
08/03 16:30 Lechche - Cremonese
08/03 18:00 Vilyarreal - Elche
08/03 19:00 Bolonya - Verona
08/03 19:00 Fiorentina - Parma
08/03 20:15 Xetafe - Betis
08/03 22:00 Jenoa - Roma
08/03 22:30 Sevilya - Rayo Valyekano

Uzbek Tigers – China Dragons 5:0. Bahodir Jalolov O‘zbekiston jamoasining yirik g‘alabasiga nokaut bilan hissa qo‘shdi

Uzbek Tigers – China Dragons 5:0. Bahodir Jalolov O‘zbekiston jamoasining yirik g‘alabasiga nokaut bilan hissa qo‘shdi

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT / Sport turlari / Boks
Rukn: Yangiliklar

Butunjahon boks seriyasining (WSB) VII mavsum «C» guruhi 4-turi doirasida O‘zbekistonning Uzbek Tigers jamoasi Toshkentdagi «O‘zbekiston» sport majmuasida Xitoyning China Dragons bokschilariga qarshi bahs olib bordi.

Boks oqshomining so‘nggi jangida +91 kilogramm vazndagi bokschilar kuch sinashdi. O‘zbekiston sharafini himoya qilgan Bahodir Jalolov xitoylik Xaypeng Muga qarshi bellashdi va 3-raundda raqibini texnik nokautga uchratdi.

Avvalroq Uzbek Tigers vakillari Abrorjon Qodirov (-52 kg), Murodjon Ahmadaliyev (-60 kg), Shahram G‘iyosov (-69 kg) va Bektemir Meliqo‘ziyev (-81 kg)o‘z raqiblarini mag‘lubiyatga uchratishga muvaffaq bo‘lgandi. Mazkur bellashuvdan keyin Uzbek Tigers hisobni 5:0 ko‘rinishini oldi va Uzbek Tiger mavsumdagi ikkinchi g‘alabasini qo‘lga kiritdi.

Eslatib o‘tamiz, bundan avval Uzbek Tigers WSB doirasida uchta jang o‘tkazgan edi. O‘zbekistonlik bokschilar avvaliga Xitoyda China Dragons’dan 2:3 hisobida yengilgan bo‘lsa, keyinroq Qozog‘istonda Astana Arlans’ga 1:4 hisobida imkoniyatni boy bergandi. Toshkentda bo‘lib o‘tgan 3-turda Uzbek Tigers Rossiyaning Patriot Boxing Team jamoasini 5:0 hisobida taslim qilgandi.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 21:01, 18.03.2017.
O'qildi: 18030 marta.
Fikrlar: 9 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.