Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/12 17:30 Manchester Siti 1-1 Everton
26/12 20:00 Bornmut 0-0 Kristal Pelas
26/12 20:00 Chelsi 1-2 Fulhem
26/12 20:00 Nyukasl 3-0 Aston Villa
26/12 20:00 Nottingem Forest 1-0 Tottenhem
26/12 20:00 Sautgempton 0-1 Vest Xem
26/12 22:30 Vulverhempton 2-0 Man. Yunayted
27/12 01:00 Liverpul 3-1 Lester
28/12 00:30 Brayton - Brentford
28/12 01:15 Arsenal - Ipsvich
28/12 19:00 Empoli - Jenoa
28/12 19:00 Parma - Monsa
28/12 22:00 Kalyari - Inter

Sahob Jo‘rayev: "Ertami-kech baribir futbolga qaytaman"

Sahob Jo‘rayev: "Ertami-kech baribir futbolga qaytaman"

Baho:
+ | -

O‘zbekiston milliy jamoasi sobiq himoyachisi Sahob Jo‘rayev ayni payt faoliyatini futzalda davom ettiryapti. U o‘tgan yili yozda jarohat sabab, katta futboldan ketishga majbur bo‘lgandi. Aniqroq aytsak, milliy jamoamizning 23ta o‘yinida qatnashgan himoyachi oxirgi marta «Oq-tepa»da ko‘rinish berdi.

Biroq kutilmaganda, bu klub bilan ham tezda xayrlashganidan so‘ng butsalarini mixga ilgani xususida xabarlar urchidi. Mana, Sahob endilikda  «Bunyodkor» futzal klubida o‘ynamoqda. Demakki, u  sevimli mashg‘ulotidan butunlay ko‘ngil uzolmagan. Ma’lumot uchun aytish kerak, Jo‘rayevning katta futboldagi yulduzli onlari ham «Bunyodkor»da o‘tdi. Chunonchi, Sahob «qaldirg‘ochlar» safida 6 marta O‘zbekiston chempioni bo‘lish barobarida milliy kubok (5 marta) va superkubok (2 marta) sohibiga aylandi.

U shuningdek, oliy ligada «Lokomotiv» va «Olmaliq»  jamoalari sharafini ham himoya qildi. Avvalgi mavsum O‘zbekiston kubogi 1|16 final bosqichi  doirasida o‘tkazilgan  «Oq-tepa» - «Obod» o‘yini (0:5) Sahob uchun yangi klubi safidagi birinchi va oxirgi uchrashuv bo‘lgandi. E’tiborlisi, Sahob futzalda ham yaxshi natijalardan umidvor. Deylik, «Bunyodkor» futzal bo‘yicha mamlakat chempionati chorak finalida «Kogon» (Buxoro)ni ikki bora yengib (5:4, 5:0), sovrinlar uchun kurashni davom ettirish huquqini qo‘lga kiritdi.

- Sahob, avvalo, yarim final yo‘llanmasi bilan tabriklaymiz. Ortda qolgan o‘yinlar haqida qanday fikrdasiz?

- «Bunyodkor» o‘tgan yili shu bosqichda aynan «Kogon» bilan to‘qnash kelgan va g‘alaba qozongan ekan. Mana, bu yil ham jamoalar yo‘li chorak finalda tutash keldi va ikki o‘yinda zafar quchib, yarim finalga chiqdik. Ikkinchi uchrashuvdan farqli ravishda, birinchisi ancha og‘ir kechdi. Eng muhimi, sovrin uchun kurashni davom ettiradigan bo‘ldik.

- Aytingchi, futzalga moslashishda qiynalmadingizmi, bu jarayon ortda qoldimi?

- Ha, ancha kirishib ketdim. Futboldan farqi u darajada katta emas, ammo bor. Deylik, futzalda tez fikr­lash va to‘g‘ri qaror chiqarish muhim. Ya’ni o‘ylab o‘tirishga fursat yo‘q. Salgina kech qoldingizmi, raqib kutib turmaydi va sizni to‘psiz qoldiradi. Yana jismoniy tayyorgarlik maromida bo‘lishi shart. Axir parketda tinmay harakatlanishingiz kerak.

- Futbolni qo‘msayotgandirsiz...

- Juda-juda. Aslida futboldan batamom ketganim yo‘q. Misol uchun, har hafta do‘stlar davrasida o‘ynab turibman. Ertami-kech futbolga qaytish niyatim ham yo‘q emas. To‘g‘ri, o‘yinchi sifatida emas. Demoqchimanki, kelajakda o‘zimni murabbiylikda sinab ko‘rmoqchiman. Xususan, «Bun­yodkor» ishlashni maqsad qilganman. Ehtimol, bolalar futbolida faoliyat yuritarman... Harqalay, yaqin orada murabbiylik kurslarida tahsil olishni dilimga tugib qo‘yganman. Zero, hayotimni futbolsiz tasavvur qilolmayman. 

------------------------------------------------   

Shundan so‘ng «Bunyodkor» futzal klubi bosh murabbiyi Abdulla Bo‘riyevning Sahob Jo‘rayev haqidagi fikrlariga qiziqdik.

- Abdulla aka, vaqtida katta futbolda porlagan himoyachining futzalga kirishib ketishi qiyin kechmadimi?

- Sahob oyog‘idagi jiddiy jarohat sabab, ma’lum muddat futboldan yiroq yurdi. Ya’ni deyarli 6 oy mobaynida umuman yugurmagan, mashg‘ulotlarda qatnashmagandi. Vaqtida «Bunyodkor»da o‘ynagani uchun klubimiz rahbariyati ham uning futzalda o‘zini sinab ko‘rishiga qarshilik qilmadi. Xullas, safimizga o‘tgan yilning ikkinchi yarmida qo‘shilgandi. Hozir harakatlari yaxshi. To‘p bilan muomalasi ham talab darajasida. Lekin sport formasi hali 100 foiz kuch bilan o‘ynashiga imkon bermaydi. Baribir, yosh bilan bog‘liq faktor ham bor. Ammo harakatlari chakki emas.

- Futzal chinakam tezlikka asoslangan. Sahob shu talabga javob bera olyaptimi?

- U individual jihatdan kuchli. Milliy jamoamizda ham bunday xislatga ega futzalchilar sanoqli. Lekin yuqorida aytganimdek, Sahob hozircha 100 foiz tayyor emas.

Manba: interfutbol.uz
Kiritildi: 14:34, 19.03.2017.
O'qildi: 11353 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.