O‘zbekiston terma jamoasi Suriya bilan JCH saralash o‘yinini o‘tkazish uchun Malayziyaga yetib keldi.
Chaqirilgan futbolchilardan faqatgina Vitaliy Denisov yo‘q. U "Lokomotiv"ning "Spartak"ka qarshi o‘yinida jarohat oldi.
O‘zbekiston Futbol Federasiyasi Denisovning ahvolini kuzatib boryapti va uning Suriyaga qarshi o‘yindagi ishtiroki yuzasidan shifokorlar ko‘rigidan keyin axborot beradi.