«Barselona» yarimhimoyachisi Andres Inyesta faoliyatini AQSHda davom ettirishi mumkin.
Mlssoccer xabariga ko‘ra, futbolchi bilan «Nyu-York Siti» klubi qiziqmoqda.
Avvalroq, Inyesta Xitoy chempionatidan olgan juda foydali taklifni rad qilgandi. «Nyu-York Siti» klubida uning sobiq jamoadoshi David Vilya va italiyalik Andrea Pirlo ham to‘p suradi.