Kirish Ro'yxatdan o'tish
20/03 16:00 Neftchi 3-1 Lokomotiv
20/03 17:00 Nasaf 0-1 Surxon
20/03 18:15 So‘g‘diyona 2-4 Paxtakor
20/03 22:30 Kalyari 0-1 Napoli
21/03 00:45 Jenoa 0-2 Udineze
21/03 01:00 Bornmut 2-2 Man. Yunayted
21/03 01:00 Vilyarreal 3-1 Real Sosyedad
21/03 17:30 Brayton - Liverpul
21/03 18:00 Elche - Malyorka
21/03 19:00 Parma - Cremonese
21/03 20:00 Manchester Siti - Kristal Pelas
21/03 20:00 Fulhem - Byornli
21/03 20:15 Espanyol - Xetafe
21/03 22:00 Milan - Torino
21/03 22:30 Everton - Chelsi
21/03 22:30 Levante - Real Ovyedo
21/03 22:30 Osasuna - Jirona
22/03 00:45 Yuventus - Sassuolo
22/03 01:00 Lids - Brentford
22/03 01:00 Sevilya - Valensiya
22/03 16:30 Komo - Piza
22/03 17:00 Nyukasl - Sanderlend
22/03 18:00 Barselona - Rayo Valyekano
22/03 19:00 Atalanta - Verona
22/03 19:00 Bolonya - Lasio
22/03 19:15 Aston Villa - Vest Xem
22/03 19:15 Tottenhem - Nottingem Forest
22/03 20:15 Selta - Alaves
22/03 22:00 Roma - Lechche
22/03 22:30 Atletik Bilbao - Betis

Maydon.uz blogida: Qahramon Aslanovdan: «Professional»

Maydon.uz blogida: Qahramon Aslanovdan: «Professional»

Baho:
+ | -

O‘zimizga bog‘liq bo‘lmagan holda bizni ta’qib qiladigan yaxshilik ham, yomonlik ham aslida nisbiy. Biz o‘z munosabatimiz va harakatlarimiz orqali, har qanday yaxshilikni yomonlikka, yomonlikni yaxshilikka aylantirishga qodirmiz. Boylik isrof tufayli yomonlikka, kasallik esa, sabr tufayli, yaxshilikka aylanganidek…

Bastian Shvayshtayger – nemis futboli afsonasi. Jahon chempioni. “Bavariya” safida to‘rt yuzga yaqin o‘yinda maydonga tushib, yigirmadan ortiq sovrinlar yutgan. Uning nomi doim mana shu klub bilan bog‘lanadi va doim birga tilga olinadi.

U “Manchester Yunayted”ga katta maqsadlar bilan kelgandi, klub muxlislari aynan Bastiandan jamoani eski darajaga qaytishida katta xissa qo‘shishini umid qilgan bo‘lishsa-da, unday bo‘lib chiqmadi. U jamoa safida atigi 18 o‘yinda maydonga tushdi. Faqat 2015 yilning dekabrida “Lester” darvozasiga va yaqinda, “Uigan”ga qarshi kechgan kubok uchrashuvida gol urdi. Lui van Gaal davrida Bastian asosan jarohatlar girdobida qolgan bo‘lsa, Mourinyo unga ishonch bildirmadi. Nihoyat, Bastian Shvayshtayger MLS klubi bilan shartnoma imzolab, AQSH ga jo‘nab ketmoqda. Bir qaraganda, omadsiz transfer. Umuman bekor ketgan ikki yil. Bir qaraganda…

Bilasizmi, Bastian Shvayshtayger kabi futbolchilar faqatgina maydondagi chiroyli o‘yinlar, gollar yoki golli paslar orqali esda qolmaydilar. Ular futbolda sadoqat, jasorat, qat’iyat, professionalizm  timsoli bo‘ladilar, tom ma’nodagi shaxsiyatga aylanadilar.

Aynan shu nuqtai nazaridan, Bastianning aynan “Manchester Yunayted”dagi faoliyati juda muhim ahamiyat kasb etadi. U haqida kelajakda eslanganda, kitoblar yozilganda, uning nafaqat “Bavariya”dagi sovrinlari-yu gollari, Manchesterdagi buyuk namunasi tilga olinaveradi.

Joze Mourinyo yozda jamoa murabbiyiga aylangach, birinchi ishi o‘ziga kerak bo‘lmaydigan futbolchilarni aniqlab olish edi. Joze Manchesterga kelmasidan oldin Shvayshtayger uning rejalariga kirmasligiga qaror qilib bo‘lgandi. Boshqalardan farqli o‘laroq, Bastianga imkon ham berilmadi, hatto mavsumoldi yig‘inlarda futbolchiga jamoa bilan birga mashg‘ulotlarda qatnashishga ruxsat tegmadi ham.

“Men mavsumda o‘zimga kerak bo‘ladigan 23 futbolchini aniqlab oldim, boshqasi kerak emas” – dedi Joze Mourinyo.

Albatta, klub murabbiyning aytganini qiladi, Bastianni sotishga hech kim qarshi emasdi. Ammo futbolchi klubda mo‘may shartnomaga ega, har qanday klub ham uni sotib olishga ep ko‘rmas, Bastianning o‘zi esa, o‘zi yoshligida muxlislik qilgan “MYU” tarixida iz qoldirish umididan voz kechmasdi.

DAVOMI

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 23:11, 21.03.2017.
O'qildi: 17578 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик