Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/12 01:00 Man. Yunayted 1-0 Nyukasl
27/12 16:30 Parma 1-0 Fiorentina
27/12 17:30 Nottingem Forest 1-2 Manchester Siti
27/12 19:00 Lechche 0-3 Komo
27/12 19:00 Torino 1-2 Kalyari
27/12 20:00 Arsenal - Brayton
27/12 20:00 Brentford - Bornmut
27/12 20:00 Byornli - Everton
27/12 20:00 Liverpul - Vulverhempton
27/12 20:00 Vest Xem - Fulhem
27/12 22:00 Udineze - Lasio
27/12 22:30 Chelsi - Aston Villa
28/12 00:45 Piza - Yuventus
28/12 16:30 Milan - Verona
28/12 19:00 Cremonese - Napoli
28/12 19:00 Sanderlend - Lids
28/12 21:30 Kristal Pelas - Tottenhem
28/12 22:00 Bolonya - Sassuolo

«Barselona» Iskoni qo‘lga kiritish uchun jiddiy harakatlarni boshladi

«Barselona» Iskoni qo‘lga kiritish uchun jiddiy harakatlarni boshladi

Baho:
+ | -

«Barselona» rahbariyati «Real» yarim himoyachisi Iskoni qo‘lga kiritish uchun jiddiy harakatlarni boshlab yuboradi.

Ma’lumotlarga qaraganda, Isko 2018 yilning yozida "Real" bilan shartnomasi yakuniga yetib, "ko‘k-anorranglilar" safiga erkin agent sifatida qo‘shiladigan bo‘lsa, kataloniyaliklar futbolchiga 20 million yevro ko‘tarma puli va’da berishdi. "Barsa" Ispaniya terma jamoasi futbolchisiga besh yillik shartnoma taklif qilmoqda va ko‘tarma puli ushbu davr mobaynida unga to‘lab boriladi. Bundan tashqari, «Barselona» Iskoga ancha yuqori maosh to‘lashga tayyor. Futbolchi ushbu taklifga hozircha aniq javob qaytarmadi.

Mazkur mavsum davomida Isko yetarli o‘yin amaliyotiga ega bo‘lmayotgani bois, "Qirollik klubi"ni tark etishi mumkinligi haqida bir necha marta xabarlar tarqatilgandi. Shuningdek, "Real" rahbariyati Isko "Barselona"ga o‘tib ketishini oldini olish maqsadida mavsum so‘ngida uni boshqa jamoaga sotib yuborishi mumkin. Shu bois, kataloniyaliklar futbolchining 2018 yilda "Real"ni erkin agent sifatida tark etib, "Barselona"ga o‘tishiga umid qilishmoqda.

Isko Ispaniya La ligasining ushbu mavsumida 22ta o‘yinda ishtirok etgan bo‘lsa, ularning 13tasini asosiy tarkibda boshlagan. U bu o‘yinlarda 6ta gol urdi va 4ta golga assistentlik qildi.

Manba: championat.com
Kiritildi: 10:07, 22.03.2017.
O'qildi: 11469 marta.
Fikrlar: 5 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.